РУ
O’Z
UZS
/
/
So‘nggi yillarning eng yaxshi melodramalari: reytingda yuqori o‘rinda turadigan 10 ta film
27.01.2025

So‘nggi yillarning eng yaxshi melodramalari: reytingda yuqori o‘rinda turadigan 10 ta film

So‘nggi yillarning eng yaxshi melodramalari: reytingda yuqori o‘rinda turadigan 10 ta film

Oxirgi 5 yilda dunyoning turli mamlakatlarida – Qozog‘istondan Italiyagacha suratga olingan eng yaxshi melodramalarni to‘pladik. Ba’zilari kam tanilgan, ammo tomoshabinlar tomonidan yuqori baholangan: har bir filmning reytingi kamida 7 ball!

Kumush konkilar (2020)

Mamlakat: Rossiya

Rollarda: Fyodor Fedotov, Sonya Priss, Aleksey Guskov, Severiya Yanushauskayte, Kirill Zaytsev, Yura Borisov, Timofey Tribuntsev

Davomiyligi: 2 soat 16 daqiqa

Kinopoisk reytingi: 7,8

Syujet

Rojdestvo davridagi Sankt-Peterburg manzaralarida suratga olingan juda yulduzli tarkibga ega retro melodrama – unda hatto 2025-yil “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan Yura Borisov ham ishtirok etgan. Bu – turli olam vakillari bo‘lgan ikki yoshning sevgi hikoyasi: fonarchi yigitning o‘g‘li va yirik mansabdor qizining orzulari va kumush konkilar bilan bog‘langan taqdiri haqida.

Donor (2022)

Mamlakat: Qozog‘iston

Rollarda: Bayan Alaguzova, Kuandik Shakirjanov, Sanjar Madi, Akniyet Belasar, Azat Seitmetov, Beynur Baymuxambetov

Davomiyligi: 1 soat 50 daqiqa

Kinopoisk reytingi: 7,9

Syujet

“Kvartirantlar” filmi aktyorlari ishtirok etgan drama. Film yolg‘iz farzandini tarbiyalayotgan otaning hikoyasini ochib beradi. U bir kuni o‘ziga buyrak kerak bo‘lgan mansabparast ayolni uchratadi. Pulga muhtoj ota shartnomaga rozi bo‘ladi, ammo tayyorgarlik davomida ular bir-biriga yaqinlashib, sevgi va bitim o‘rtasida tanlov qilishlariga to‘g‘ri keladi.

O‘tgan hayotlar (2023)

Mamlakat: Janubiy Koreya, AQSh

Rollarda: Greta Li, Teo Yu, Jon Magaro, Mun Sung-a, Lim Sung-min, Yun Ji-xe

Davomiyligi: 1 soat 45 daqiqa

Kinopoisk reytingi: 7,4

Syujet

Oscar mukofotiga nomzod bo‘lgan, butun umrlik muhabbat haqidagi melodrama. Qachonlardir maktab yillarida sevgan do‘stini uchratgan yozuvchi ayol Noraning hikoyasi. 20 yillik ayriliqdan so‘ng u ijtimoiy tarmoqlar orqali paydo bo‘ladi va ular bir hafta ichida barcha tugallanmagan his-tuyg‘ularini hal qilishlari kerak.

Dalini kutib (2023)

Mamlakat: Ispaniya

Rollarda: Xose Garsia, Ivan Massage, Pako Tous, Nikolya Kazale, Klara Ponso, Pol Lopes, Viki Penya

Davomiyligi: 1 soat 54 daqiqa

Kinopoisk reytingi: 7,4

Syujet

70-yillardagi Ispaniya haqida san’at va oshpazlik ixlosmandlarini o‘ziga tortuvchi melodrama. Ikki oshpaz aka-uka kichik restoran ochadi. Restoran egasi Salvador Dali ishqibozi bo‘lib, ularning orzusi – Dalini mehmon sifatida qabul qilish.

Superqahramonlar (2021)

Mamlakat: Italiya

Rollarda: Alessandro Borgi, Jasmin Trinka, Vinichio Markioni, Greta Skarano, Anjelika Leo, Linda Karidi, Gvendolin Gurvenek

Davomiyligi: 2 soat 1 daqiqa

Kinopoisk reytingi: 7,4

Syujet

“Ideal begonalar” filmi rejissoridan melodrama. Bir-biri bilan butkul teskari xarakterga ega bo‘lgan san’atkor ayol va fizik o‘qituvchining munosabatlarini saqlab qolish uchun qilgan kurashi haqida. Eng katta savol: hatto ular “superqahramonlar” bo‘lsa-da, ularga sevgini qayta tiklash oson bo‘ladimi?

Telba sevgi (2020)

Mamlakat: AQSh

Rollarda: Charli Plammer, Molli Parker, Endi Garsiya, Uolton Goggins, Annasofiya Robb, Teylor Rassell, Bet Grant

Davomiyligi: 1 soat 50 daqiqa

Kinopoisk reytingi: 7,3

Syujet

Adam – maktabning xarizmatik yangi o‘quvchisi va bu uning afzalligi, chunki hech kim uning sirini bilmaydi. Oilaviy muammolar tufayli o‘spirin ichida mavjud bo‘lgan 4 ta shaxs ko‘rinishidagi gallyutsinatsiyalar bilan kurashadi. Bu “kasallik”ni faqat mehr va muhabbat yengishi mumkin, lekin buning uchun qahramon boshqa insonga ishonishni o‘rganishi kerak.

Seulda uyqusizlar (2023)

Mamlakat: Janubiy Koreya

Rollarda: Li Dong-uk, Lim Su-jong, Isom, Chan Hyon-son, Kim Ji-yon, Li Mi-do, Li San-i

Davomiyligi: 1 soat 43 daqiqa

Kinopoisk reytingi: 7,2

Syujet

Zamonaviy munosabatlar haqidagi mavzuni ko‘taradigan melodramma. Hali turmush qurish niyati hali bo‘lmagan yolg‘iz bloger dunyoning turli burchaklarida yashaydigan yolg‘iz qiz va o‘g‘il bolalar haqida kitob yozish taklifini qabul qiladi, lekin muharriri bilan kutilmagan holat yuz beradi – ular bir vaqtlar bir-birlarini universitet davrlarida biladigan tanishi bo‘lib chiqadi.

“Falling for figaro” (2020)

Mamlakat: Buyuk Britaniya

Rollarda: Kristina Bennington, Daniel Makdonald, Shazad Latif, Mark Vaynman, Viki Pepperdin, Hyu Skinner

Davomiyligi: 1 soat 44 daqiqa

Kinopoisk reytingi: 7,2

Syujet

O‘z yo‘lini izlash va o‘zini rivojlantirish haqida melodrama. Muvaffaqiyatli moliyachi qizning opera yulduzi bo‘lish orzusi bor. Bir kuni uning sabr kosasi to‘ladi: u ishini tashlaydi va sobiq opera qo‘shiqchisi qo‘lida tahsil olish uchun chekka hududga jo‘naydi. Murabbiy bunga rozi bo‘ladi, lekin qahramonni hayotidagi eng og‘ir sinovlarga tayyorlaydi.

Mening sevimli dushmanim (2021)

Mamlakat: AQSh

Rollarda: Lyusi Heyl, Ostin Stouell, Deymon Daunno, Sakina Jeffri, Korbin Bernsen, Yasha Jekson, Shon Kallen

Davomiyligi: 1 soat 42 daqiqa

Kinopoisk reytingi: 7,1

Syujet

Sevgi va nafrat oralig‘idagi bir qadamni ko‘rsatib beruvchi melodrama. Film Nyu-Yorkning yirik nashriyotida ishlaydigan ikki hamkasb haqida. Qiz – samimiy va mehribon, yigit esa sovuqqon va nazoratga berilgan. Bir o‘pich ularning bir-biriga bo‘lgan qarashlarini o‘zgartiradi, lekin lavozim uchun kurash ularni yana haqiqatga qaytaradi.

Kelasi yil shu vaqt (2024)

Mamlakat: Buyuk Britaniya, Fransiya

Rollarda: Sofi Kukson, Lyusen Laviskont, Golda Roshevel, Monika Dolan, Jon Xanna, Mandip Gill

Davomiyligi: 1 soat 56 daqiqa

Kinopoisk reytingi: 7,1

Syujet

Ta’sirchan taqdir o‘yinlari haqida melodrama. Omadsiz qiz Minni muvaffaqiyatli yigit Kvinnni uchratadi va ular bir daqiqalik farq bilan bir kunda tug‘ilganini bilib qoladi. Yana ham qiziqrog‘i – ularning onalari Londondagi bitta kasalxona palatasida birga bo‘lishgan! Minni endilikda Kvinn uning omadini o‘g‘irlaganiga aniq ishonadi, garchi o‘zining sevib qolganiga qaramay, adolatni tiklashga majbur.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.