верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Qozog‘iston terma jamoasi ustozi: “O‘zbekistonni mundial bilan tabriklaymiz, lekin UEFA boshqa daraja”
08.06.2025

Qozog‘iston terma jamoasi ustozi: “O‘zbekistonni mundial bilan tabriklaymiz, lekin UEFA boshqa daraja”

Qozog‘iston terma jamoasi ustozi: “O‘zbekistonni mundial bilan tabriklaymiz, lekin UEFA boshqa daraja”

Qozog‘iston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi Ali Aliyev O‘zbekistonning Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani bo‘yicha fikr bildirib o‘tdi.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Aliyev qo‘shni O‘zbekiston erishgan bu muhim yutuqni yuksak baholab, ularni tabrikladi. U buni xalq uchun katta tarixiy voqea deb atadi. Shu bilan birga, murabbiy UEFA tarkibida ishtirok etishning afzalliklariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

“Biz O‘zbekistonni butun yurakdan qutlaymiz. Bu – xalq uchun quvonchli va tarixiy voqea. Shu bilan birga, UEFA doirasida ishtirok etish nafaqat raqobat darajasi, balki futbol madaniyati, tajriba to‘plash nuqtayi nazaridan ham nihoyatda muhim”, — dedi Aliyev.

Uning ta’kidlashicha, Qozog‘iston UEFAga a’zo bo‘lgani sababli Fransiya kabi kuchli terma jamoalarni o‘z maydonlarida qabul qila olmoqda. “Mbappe kabi yulduzlarni Astana Arenada jonli tomosha qilish imkoniga egamiz. Yaqinda Belgiya bilan ham o‘yin o‘tkazamiz. Bu esa mamlakatimiz uchun strategik ahamiyatga ega”, — dedi murabbiy.

Ma’lumot uchun, Qozog‘iston 5-iyun kuni Belarusga qarshi bahsda 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Jamoa hozirda Belgiya, Uels, Shimoliy Makedoniya va Lixtenshteyn bilan bir guruhda Jahon chempionati saralashi doirasida raqobat olib bormoqda. Navbatdagi o‘yin 9-iyun kuni Shimoliy Makedoniya terma jamoasiga qarshi o‘tkaziladi.
 

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.