1
РУ
O’Z
UZS
/
/
Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasining murabbiylar shtabida ishlashi mumkin
17.07.2025

Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasining murabbiylar shtabida ishlashi mumkin

Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasining murabbiylar shtabida ishlashi mumkin

Germaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yoaxim Lyov O‘zbekiston milliy terma jamoasida ishlashi ehtimoldan xoli emas. Bu haqda Germaniyaning footboom.de portali hamda boshqa xorijiy OAVlar xabar bermoqda.

Xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 64 yoshli mutaxassis bilan muzokaralarni boshlagan. Agar tomonlar o‘zaro kelishuvga erishsa, Lyov O‘zbekiston terma jamoasining murabbiylar shtabiga maslahatchi murabbiy sifatida qo‘shilishi mumkin.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Yoaxim Lyovning jamoaga qo‘shilish ehtimoli yuqori baholanmoqda. Sababi, O‘zbekiston ilk bor 2026-yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bo‘lib, endi jahon sahnasida munosib ishtirok etish uchun xalqaro tajribaga ega mutaxassislarga ehtiyoj sezilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Lyov 2006-yildan 2021-yilgacha Germaniya terma jamoasini boshqargan. Uning murabbiylik faoliyatidagi eng yirik yutug‘i — 2014-yilda Braziliyada o‘tgan Jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritganidir. Shuningdek, u 2017-yilda Konfederatsiyalar Kubogida ham Germaniyani chempion qilgan.
 

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.