Marvel Temir odam roliga yangi aktyor tanlashga kirishdi


Marvel Studios rahbari Kevin Faygi Temir odam rolini yaqin kelajakda boshqa aktyor ijro etishi mumkinligini ma’lum qildi.
2008-yildan beri Toni Stark va uning qahramon alter egosini Robert Dauni-kichik gavdalantirgan edi. Aktyor keyingi “Qasoskorlar” filmida yovuz Doktor Dum rolini o‘ynaydi, Temir odam uchun esa o‘rinbosar tanlanadi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Faygining aytishicha, shunga o‘xshash o‘zgarishlar Kapitan Amerika (Stiv Rojers) va X-odamlar rollarini ijro etuvchi aktyorlarga ham tegishli bo‘lishi mumkin. Marvel katalogidagi yana ikkita mashhur qahramon - Dedpul va Rosomaxani esa kelajakdagi loyihalarda odatdagidek Rayan Reynolds va Xyu Jekman ijro etadi.
“O‘ylashimcha, bu qahramonlar bilan yanada ko‘proq zavqlanish mumkin. Ammo buni qayerda ko‘rishimizni vaqt ko‘rsatadi”, — dedi Faygi.
“Qasoskorlar: Qiyomat kuni” 2026-yil dekabr oyida ekranlarga chiqadi. Ayni paytda Buyuk Britaniyada suratga olish ishlari olib borilmoqda.