03.06.2025
Qurbon hayiti kuni jamoat transporti erta tongda harakatlana boshlaydi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
6-iyun, juma kuni Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan Toshkent shahrida jamoat transporti, jumladan avtobuslar va metropoliten harakati soat 03:00 dan boshlab yo‘lga qo‘yiladi.
Ushbu chora-tadbir shahar aholisiga va mehmonlarga hayit namozida ishtirok etish uchun erta tongda masjidlarga qulay yetib borish imkonini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Erta tongda minglab yurtdoshlar ibodatga yo‘l olishi kutilayotgani sababli, transport tizimi odatdagi jadvaldan oldinroq ish boshlaydi.
Bu esa tirbandliklarning oldini olish va shaharda harakatlanishni soddalashtirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.