Верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
“Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti 4 oyga yopiladi
03.02.2025

“Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti 4 oyga yopiladi

“Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti 4 oyga yopiladi

Toshkent viloyatidagi “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti 5-fevraldan boshlab vaqtincha yopiladi. 4 oy davomida postda qurilish va rekonstruksiya ishlarini yakunlash reja qilinmoqda. Fuqarolar va transport vositalarining harakati “Navoiy” postiga yoʻnaltiriladi.

image

Ushbi mavsumda Sharm al-Shayxga

icon

Toshkent viloyatida oʻzbek-qozoq chegarasida joylashgan “Gʻishtkoʻprik” (Chernyayevka) chegara bojxona posti 5-fevraldan boshlab 4 oyga yopiladi, deya xabar bermoqda Bojxona qoʻmitasi.

Qayd etilishicha, cheklov mazkur postdagi katta qurilish va rekonstruksiya ishlarini mantiqiy nihoyasiga yetkazish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Xususan, postda vaqtinchalik binolarni demontaj qilish, hududni obodonlashtirish, postga tutash hududda zarur infratuzilmani tashkil etish nazarda tutilgan.

“Gʻishtkoʻprik” chegara posti orqali harakatlanayotgan fuqarolar va transport vositalarining harakati 5-fevral kunidan “Navoiy” chegara bojxona postiga yoʻnaltiriladi. U Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan boʻlib, “Gʻishtkoʻprik” postiga yaqin hudud hisoblanadi.

Jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar va avtobuslar harakati uchun qulay boʻlishini taʼminlash maqsadida “Navoiy” chegara bojxona postida yuk avtotransport vositalari harakati cheklanadi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.