Raqqosa Parizoda motamda pardoz qilgani uchun tanqidga uchradi


Parizodaning so‘zlariga ko‘ra, foydalanuvchilar unga "Yaqinda qaynonangiz vafot etdi, siz esa bo‘yalgansiz, hurmat qani?" deb yozishgan.
Ushbu ayblovlarga javoban raqqosa o‘z munosabatini bildirib, makiyaj va kiyimlar shunchaki ko‘zbo‘yamachilik ekani, tashqi ko‘rinish insonning haqiqiy his-tuyg‘ularini aks ettirmasligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, an’anaviy motam uch kun davom etadi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

"Men dardimni va ko‘z yoshlarimni ko‘z-ko‘z qilmoqchi emasman. Shaxsiy kechinmalarim o‘zim bilan qolishi kerak," - dedi Parizoda. Shuningdek, u shaxsiy muammolarga chuqurlashmasdan, o‘z auditoriyasi bilan yaxshi lahzalarni bo‘lishishni afzal ko‘rishini qo‘shimcha qildi.