ZTE oʻyin oʻynash uchun 2024-yilning eng kuchli Android smartfonini taqdim etdi
ZTE Xitoy bozorida Red Magic 9S Pro va 9S Pro+ flagman smartfonlarini eʼlon qildi. Eng kuchli Snapdragon protsessoriga ega Red Magic 9S Pro 8 million soʻmga baholandi.
2023-yil oxirida taqdim etilgan Red Magic 9 Pro smartfonlari bilan solishtirganda yangi mahsulotlardagi asosiy oʻzgarish Snapdragon 8 Gen 3 Leading Version chipining yaxshilangan versiyasini qoʻllashdir.
Ishlab chiqaruvchining maʼlum qilishicha, LE versiyasidagi protsessorga ega smartfonlar AnTuTu benchmarkida eng yuqori natijani koʻrsatgan. U bilan Genshin Impact oʻyinida 60 fps va Honkaiʼda 120 fps tiniqlikda oʻyin oʻynash mumkin. Ushbu koʻrsatkichga telefondagi sovutish tizimi asosiy hissasini qoʻshadi.
Yangi mahsulotlardagi batareya turlicha. Red Magic 9S Pro ʼga 80 Vt quvvatga ega 6500 mA/soat akkumulyatori oʻrnatilgan, 9S Pro+ esa 165 Vt tez zaryadlovchi 5500 mA/soat batareyaga ega.
Yangi Red Magic 9S Pro va 9S Pro+ modellari 9-iyuldan mos ravishda 4799 va 5799 yuandan (taxminan 8 va 10 million soʻm) boshlanadigan narxlarda sotuvga chiqariladi.