Evan Reychel Vud “Amaliy sehr” filmining davomida rol o‘ynashdan voz kechdi


Evan Reychel Vud o‘zining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida hozirda ishlab chiqilayotgan “Amaliy sehr” filmining davomiga qatnashmasligini ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, asl filmda Sandra Bullokning qizini ijro etgan aktrisa davom qismida rol olishni juda xohlagan, biroq prodyuserlar qat’iy turib olishgan — yangi filmda uning qahramonini boshqa aktrisa tasvirlaydi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Vudning aytishicha, u film prodyuserlariga o‘zi murojaat qilib, hech bo‘lmaganda bitta sahnada kichik replika bilan rol o‘ynashni taklif qilgan. Afsuski, uning taklifini qabul qilishmagan.
Eslatib o‘tamiz, “Amaliy sehr-2” filmining premyerasi 18-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.