“Roma” — “Napoli” bahsida Shomurodov qanday oʻynadi?
Futbol boʻyicha Italiya A Seriyasining 23-turida “Roma” va “Napoli” 2-fevral, yakshanba kuni bahs olib bordi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bahsning 29-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Spinazzola hisobni ochdi.
80-daqiqada Shomurodov oʻz oʻrnini Dibalaga boʻshatib berdi. Qoʻshib berilgan daqiqalarning 2-sida Anxelino hisobni tenglashtirdi va jamoasi uchun qimmatli bir ochkoga egalik qilish imkonini yaratdi.
Shomurodovning oʻyini Sofascore nashri tomonidan 6,6 ballga loyiq koʻrildi. 80 daqiqa oʻynagan futbolchi darvozaga aniq zarba bera olmagan boʻlsada, raqiblarning hujumlarini qaytarishda jonbozlik koʻrsatdi. Nashr uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisi sifatida Skot Maktominini eʼtirof etdi — 7,7 ball. “Roma” tarkibida gol muallifi Anxelino eng yuqori — 7,6 ballga loyiq koʻrildi.
Ushbu durangdan soʻng, rimliklar hisobidagi ochkolar soni 31 taga yetdi va ular 9-oʻrinni egallab turibdi. Peshqadam “Napoli” hisobidagi ochkolar 54 taga yetgan. “Roma” keyingi uchrashuvni Italiya Kubogi doirasida “Milan”ga qarshi oʻtkazadi. Uchrashuv 5-fevral kuni boʻlib oʻtadi.