верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Apple iPad va Air planshetlari chiplarini yangiladi
06.03.2025 (yangilandi 09.04.2025)

Apple iPad va Air planshetlari chiplarini yangiladi

Apple iPad va Air planshetlari chiplarini yangiladi

Apple kompaniyasi M3 chipi o‘rnatilgan iPad Air va asosiy iPad’ni taqdim etdi, u endi iPhone 15 chipi va foydalanuvchi ma’lumotlarini saqlash uchun kamida 128 GB xotira bilan jihozlangan.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Yangilangan iPad Air Apple M3 chipi bilan jihozlangan, mavjud Apple Intelligence xususiyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi va ikki o‘lchamda mavjud: 11 yoki 13 dyuymli displey. Ta’kidlanishicha, yangilik M1 bilan iPad Air’dan deyarli ikki baravar va A14 Bionic bilan iPad Air’dan 3,5 baravar tezroq. Korpusda 12 megapikselli ikkita kamera, TouchID barmoq izi skaneri mavjud.

Yangi mahsulot narxi Wi-Fi va 128 GB bo‘lgan 11 dyuymli model uchun 599 dollardan (7 680 000 so‘m) boshlanadi.

2025-yilgi iPad’ning asosiy versiyasi A16 Bionic chipi, 60 gertsli 11 dyuymli Liquid Retina displeyi bor va birinchi avlod Apple Pencil’ni qo‘llab-quvvatlaydi, stereodinamiklar, 12 megapikselli ikkita kamera va TouchID barmoq izi skaneri bilan jihozlangan. Yangilik Wi-Fi 6 ni qo‘llab-quvvatlaydi, $150 (1 925 000ming so‘m) qo‘shimcha to‘lov evaziga 5G moduli, GPS/GNSS, Bluetooth 5.3 variantlarni xarid qilish mumkin.

Yangi mahsulot sariq, ko‘k, pushti va kumush ranglarda sotuvga chiqarildai. Narx 128 GB xotirali versiya uchun 349 dollardan (4 475 000 so‘m) boshlanadi.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.