Верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Ronaldu 1000 ta gol urib, futbol tarixiga kirishni xohlashini aytdi
10.02.2025

Ronaldu 1000 ta gol urib, futbol tarixiga kirishni xohlashini aytdi

Ronaldu 1000 ta gol urib, futbol tarixiga kirishni xohlashini aytdi

Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini yakunlashdan avval yetib borishni rejalashtirgan marrasi haqida fikr bildirdi.

image

Ushbi mavsumda Sharm al-Shayxga

icon

Portugaliyalik futbolchi mingta gol urish niyatida ekanini taʼkidlab, bu gollar videoyozuvlar bilan tasdiqlanishini qoʻshimcha qildi. Uning soʻzlariga koʻra, boshqalardan farqli ravishda, u kiritgan barcha gollar rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlanadi.

Ronaldu shu kungacha 924 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan boʻlib, shulardan 789 tasi klub darajasida, yana 135 tasi esa Portugaliya terma jamoasi safida kiritilgan.

Joriy mavsumda u 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 23 ta gol va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, Pele oʻz faoliyati davomida 1363 ta uchrashuvda 1279 ta gol urgan va Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan. Ammo bu gollarning qanchasi rasmiy uchrashuvlarda kiritilgani aniq emas.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.