06.05.2025
Samarqandda paraplanda uchish boʻyicha xalqaro festival bo‘lib o‘tadi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
10−11-may kunlari Samarqand viloyatining Urgut tumanida Xalqaro paraplanda uchish festivali bo‘lib o‘tadi.
Ma’lum qilinishicha, festival O‘zbekistonda ekstremal turizmni ommalashtirish, xorijiy va mahalliy sayyohlar sonini ko‘paytirish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Andak mahallasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan festivalda 10 ga yaqin davlatdan 70 ga yaqin ishtirokchi qatnashadi.
Festival dasturidan paraplanda uchish shou va musobaqalari, gastronomik ko‘rgazmalar, konsertlar, milliy o‘yinlar va qiziqarli musobaqalar o‘rin olgan.