26.08.2025
“Tron: Ares” filmining yangi tizeri e’lon qilindi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Internetda Jared Leto bosh rolni ijro etgan “Tron: Ares” blokbasterining yangi tizeri paydo bo‘ldi.
“Tron” franshizasining uchinchi qismi xorijiy kinoteatrlarda 10-oktyabrdan namoyish etila boshlaydi.
Film syujeti insonlar dunyosiga tushib qolgan sun’iy intellekt (Jared Leto) haqida hikoya qiladi. Filmda shuningdek, Jeff Bridges, Evan Peters, Greta Li, Jodi Terner-Smit, Kemeron Monaxen va Jillian Anderson ham rol ijro etishgan.
Filmni Xoakim Ronning (“Karib dengizi qaroqchilari: O‘liklar ertak aytmaydi”) rejissyorlik qilgan. Asl “Tron” filmi 1982-yilda ekranlarga chiqqan. 2010-yildagi “Meros” nomli davomi esa butun dunyo bo‘ylab 400 million dollar daromad keltirgan.