Biznesingiz uchun kreditlar
РУ
O’Z
UZS
/
/
Samarqandlik 15 yoshli yulduz: Ozoda Nursaidovaning kliplarida chiqayotgan Shabnam hikoyasi
03.02.2025 (yangilandi 03.02.2025)

Samarqandlik 15 yoshli yulduz: Ozoda Nursaidovaning kliplarida chiqayotgan Shabnam hikoyasi

Samarqandlik 15 yoshli yulduz: Ozoda Nursaidovaning kliplarida chiqayotgan Shabnam hikoyasi

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Ozoda Nursaidovaning “Lada” va “Dilbarim” qoʻshiqlariga ishlangan kliplarda bosh qahramon rolini ijro etgan qiz “Mening yurtim” telekanalining “Omon-omon” dasturiga bergan intervyusida oʻz faoliyati haqida soʻzlab berdi.  

image

2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!

icon

Samarqand shahrida yashovchi Shabnam ismli maktab oʻquvchisi sanʼatga boʻlgan qiziqishi bolaligidan boshlanganini aytib, aktrisa boʻlishni orzu qilganini bildirdi. U oʻz faoliyatini Samarqanddagi kelinlik liboslari salonida model sifatida boshlagan.

Uning soʻzlariga koʻra, ota-onasi ushbu yoʻnalishda uni qoʻllab-quvvatlab, har tomonlama yordam bermoqda. Maktab jamoasi ham unga ijodiy faoliyat bilan shugʻullanishi uchun sharoit yaratib bergan. Shabnam kelajakda qoʻshiqchilik va aktyorlik sohasida oʻqishni rejalashtirayotganini taʼkidladi.

Shuningdek, Ozoda Nursaidovaning kliplarida rol oʻynagach, unga boshqa kliplarda ham suratga tushish boʻyicha takliflar kelib tushgan. U kastingdan oʻtib, sanʼatkorning klipida suratga tushganidan soʻng ijodiy faoliyati faollashganini qayd etib, Nursaidova hamda klip ijodkorlariga minnatdorlik bildirdi. “Lada” va “Dilbarim” kliplaridan soʻng, Shabnam Oybek Sangin va Jasur Mavlonovlarning qoʻshiqlariga ishlangan kliplarda ham ishtirok etgan.

Bu qiziq

2 milliard so‘mgacha kredit!  Rasmiylashtirish – 1 kunda!
2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.