РУ
O’Z
UZS
/
/
Uzbekistan Airways turizm oyida parvozlarga chegirmalar taqdim etadi
04.10.2024

Uzbekistan Airways turizm oyida parvozlarga chegirmalar taqdim etadi

Uzbekistan Airways turizm oyida parvozlarga chegirmalar taqdim etadi

Turizm oyligi doirasida chegirmali chiptalar 1-noyabrdan 30-noyabrgacha boʻlgan mahalliy reyslar uchun amal qiladi.

Uzbekistan Airways keksa yoshdagilar uchun 15 foizgacha chegirma eʼlon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Chegirma turizm oyligi doirasida 60 yoshdan yuqori erkaklar hamda 55 yoshdan yuqori ayollar uchun barcha ekonom klassdagi tariflarga amal qiladi.

Undan joriy yilning 1-noyabridan 30-noyabrigacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlar uchun foydalanish mumkin.

Chegirmali aviachiptalarni xarid qilishda fuqaro yonida pasporti yoki ID-kartasi boʻlishi kerak.

Ularni Uzbekistan Airways Sales filialida, aviakompaniyaning Oʻzbekistondagi rasmiy agentlari hamda kompaniya saytida xarid qilish mumkin.

Yoʻlovchi va yuk tashish tariflariga qoʻshimcha ravishda turli soliqlar, yigʻimlar va toʻlovlar uchun chegirma amal qilmaydi.