Endi Toshkentdan Chorvoqqa tezyurar elektropoyezdda borish mumkin
Boʻstonliq tumanida “Chinorkent” temiryoʻl bekati 22-yanvar kuni foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan Toshkentdan Xoʻjakentgacha boʻlgan elektropoyezd qatnovi 1,5 km masofaga — Chorvoq shaharchasida yaqinida joylashgan “Chinorkent” bekatigacha uzaytirildi.
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida yangi “Chinorkent” temiryoʻl bekati qurib bitkazildi. Bu haqda “Toshkent mintaqaviy temiryoʻl uzeli” kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.
Taʼkidlanishicha, Xoʻjakentdan Chinorkentgacha 1,5 km masofaga temiryoʻl qurildi, shuningdek, “Chinorkent” temir yoʻl bekati qurib bitkazildi hamda 22-yanvar kuni foydalanishga topshirildi.
Bu yerda 150 m uzunlikda perron hamda soyabon qurilib, imkoniyati cheklangan yoʻlovchilar uchun sirgʻanishga qarshi plitalar oʻrnatildi hamda yoʻlovchilar uchun yer osti tunneli barpo etildi.
Endilikda Toshkentdan yoʻlga chiqqan yoʻlovchilar elektropoyezdda Chorqov shaharchasida yaqinida joylashgan “Chinorkent” temir yoʻl bekatiga yetib kelishi mumkin.