Dyson Supersonic feni – Yangi yilda ayollar uchun eng zo‘r sovg‘a. Nega aynan u qizlarga bunchalik yoqishiga aniqlik kiritdik
Yillar davomida ishlab chiqish, millionlab funt sterling mablag‘, bitta original va yuzlab nusxalar (hatto Wildberries’da ham mavjud) – bularning barchasi go‘zallik sanoatining eng mashhur mahsuloti bo‘lishiga olib keldi. Xo‘sh, nega bu fen ayollar uchun eng zo‘r sovg‘a va fenlarning shohi bo‘lib qolmoqda?
Nega Dyson sotib olish kerak? Top-10 sabab
- Dyson feni yillar davomida ishlab chiqilgan va bu uning ustida juda katta ish olib borilganini ko‘rsatadi. Kompaniya marketing bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, gadjetni yaratish, takomillashtirish va sinovdan o‘tkazish uchun 4 yil vaqt sarflagan. Fen ishlab chiqarilishidan oldin 103 muhandis tomonidan 60 ga yaqin prototip yaratilgan. Faqat 61-versiyasi mukammal deb topilgan. Bu, Dyson feni sizga yoki yaqin ayolingizga kerak bo‘lishining birinchi sababidir.
- Dyson kompaniyasi faqat sochlarni o‘rganishga 50 million funt sterlingdan ko‘proq mablag‘ sarflagan. Ko‘ngillilar laboratoriyaga har kuni xuddi ishga borgandek qatnaganlar. Shu sababli, Dyson yaratuvchilari ayollar sochlariga taalluqli barcha, hatto undan ham ko‘proq ma’lumotni biladi. Bu esa Dyson Supersonic fenini sotib olish uchun yana bir sabab.
- Dyson Supersonic – sochlar uchun birinchi haqiqiy gadjet deb atalishi mumkin, bu esa hazil gap emas. U qimmat va zamonaviy ko‘rinishga ega, ergonomik dizayni bilan maftun qiladi. U nafaqat chiroyli va zamonaviy, balki texnologik va deyarli shovqinsiz ishlaydi. Agar uyda bolalar yoki qariyalar yashasa, bu juda muhim jihat hisoblanadi.
- Dyson Supersonic maksimal harorati 100 darajadan oshmaydi. Bunga tarkibidagi shisha termistor sabab bo‘ladi: u haroratni boshqaradi va fenni sochlar uchun xavfli haroratga qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Aks holda, sochlar strukturasiga zarar yetadi va keratin eriy boshlaydi.
- Dyson Supersonic’da havo oqimi va harorat orasidagi mukammal muvozanat mavjud. “Chanel” modalar uyi stilisti Katsuyo Kamo uni “mohir ustaning yordamchisi” deb atagan.
- Dyson komplektatsiyasi. Fenga bir nechta qo‘shimchalar kiradi: magnitli diffuzor, yo‘nalgan havo oqimi uchun maxsus nasadkalar, old sochlar uchun konsentrator, ehtiyotkor quritish uchun nasadka va sirpanishga qarshi gilamcha. Bu boshqa fenlarga qaraganda juda boy jihozlardir.
- Dyson feni vazni ham mo‘jizaviy – dunyodagi barcha fenlardan yengil (hatto kichik travel-size modellardan ham). Uni 30 daqiqa ushlab tursangiz ham qo‘llaringiz charchamaydi. Ammo shuncha vaqtga hojat yo‘q – u ishini 10 daqiqada bajaradi.
- Dyson Supersonic shnuri uzunligi 2,7 metrni tashkil etadi. Bu nafaqat o‘zingizni hamma tomondan o‘rab soch turmagini qilish, balki boshqa xonaga ham uzatishga yetarli. Bunda shnur chalkashib qolmaydi, balki “aqlli ilon” kabi o‘raladi.
- Dyson’da havo uzatish burchagi eng optimal – 20 daraja. Ishonmasligingiz mumkin, lekin bu juda muhim ko‘rsatkich. Bu sochlarning har tomonga uchib ketmasligi va boshda “somon uyumi” hosil bo‘lmasligi uchun muhimdir.
- Dyson Supersonic – zamonaviy trend va hali ham nufuzli atributligicha o‘z obruini saqlab kelmoqda. U barcha mashhur aktrisalar, xonandalar, blogerlar va stilistlar tomonidan – mashhur brendlarning namoyishlarida, fotosessiyalarda va boshqa joylarda ishlatiladi.
Umid qilamizki, biz “Ayolga qanday sovg‘a qilish kerak?” degan savolga javob berdik va sizni Dyson Supersonic fenini sotib olishga deyarli ko‘ndirdik. Bu fen haqiqatan ham o‘z narxiga arziydi. Ayniqsa, O‘zbekistonda Dyson’ni eng jozibador narxda qayerdan sotib olishni bilsak.
Hozirda Yangi yiloldi chegirmalari amal qilmoqda, shuning uchun shoshiling – mahsulot soni cheklangan.