РУ
O’Z
UZS
/
/
Sharm-al-Shayxga ilk bor tashrif buyurayotganlar uchun hordiq: nimalarni bilish lozim
29.01.2025 (yangilandi 30.01.2025)

Sharm-al-Shayxga ilk bor tashrif buyurayotganlar uchun hordiq: nimalarni bilish lozim

Sharm-al-Shayxga ilk bor tashrif buyurayotganlar uchun hordiq: nimalarni bilish lozim

Agar siz Sharm-al-Shayxga ilk bor ketayotgan bo‘lsangiz, u yerda dam olishning ayrim xususiyatlari bilan tanishishingiz lozim. Maqolamiz hatto ushbu maskanga birinchi marta bormayotganlar uchun ham foydadan xoli emas. Hozirning oAgar siz Sharm-al-Shayxga birinchi marta ketayotgan bo‘lsangiz, mahalliy dam olishning ba’zi xususiyatlari bilan tanishishingiz kerak. Matnimiz hatto ushbu kurortga birinchi marta bormayotganlar uchun ham foydali bo‘ladi. Sharm-al-Shayxda dam olishni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida bilib olasiz.zidayoq Sharm-al-Shayxda ta'tilni tashkil etishning o‘ziga xosliklari haqida bilib oling.

Mahalliy mehmonxonalarning xususiyatlari

Ma’lumot yangilik emas, lekin uni yana bir bor ta'kidlab o‘tamiz: o‘sha “Buking”dagi mehmonxona xususidagi sharhlar va fotosuratlar har doim ham haqiqiy manzarani aks ettiravermaydi. Shunday bo‘lsa-da, mehmonxonalar o‘zlari uchun foydali bo‘lgan "jurnal uchun" suratlarini chop etishga harakat qilishadi, bunda sayyohlarning fikrlari esa noxolis bo‘lishi mumkin, insonlar aynan bir xil taomga, ayniqsa, turlicha baho berishadi.

Shuning uchun siz joylashmoqchi bo‘lgan mehmonxona haqida YouTubeda sayyohlarning video sharhlarini ko‘rish ham maqsadga muvofiqdir.

Sharm-al-Shayxdagi Domina Coral Bay Aquamarine Beach mehmonxonasi

Xonani tanlashga keladigan bo‘lsak:

  • Odatda, oddiy "standart" derazadan ajoyib manzarani nazarda tutmaydi. Chiroyli ko‘rinish uchun yuqoriroq toifadagi xona uchun qo‘shimcha to‘lov qilishga to‘g‘ri keladi.
  • Xonani tasvirlashda "promo" pristavkasi bu yerda hamma narsa joyida emasligini anglatishi  ham mumkin. Agar siz tanlovingizni "standart" toifaga to‘xtatsangiz va saytda "promo-standart" yoki shunga o‘xshash qo‘shimchaga ko‘zingiz tushsa, shuni yodda tutingki, biroz boshqacha nomlangan "standart" pastroq toifaga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, u yerto‘lada joylashgan bo‘ladi, unda deraza bo‘lmaydi. Ammo saytda bu haqda hech narsa deyilmaydi.
  • Agar siz o‘zingiz bilan ikki (va undan ko‘p) nafar farzandingizni olgan bo‘lsangiz. Ko‘pincha mehmonxonalar saytida bolalarga qo‘shimcha karavot berilishi aytiladi. Ammo shuni yodda tutingki, deyarli har doim bitta xonaga faqat bitta bolalar krovati qo‘yiladi - ikkinchi bola esa ota-onasi yonida uxlaydi.

Agar siz barcha bolalar uchun qulay karavotlarni xohlasangiz, har bir bolaga alohida mo‘ljallangan karavotlari bo‘lgan yuqori toifadagi xonani oling.

Ba’zida mehmonxonaga kelganingizda xona toifasini o‘zgartirishingiz ham mumkin. Buning uchun ozgina qo‘shimcha haq to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Agar siz yaxshi mehmonxonani tanlashga vaqt sarflashni istamasangiz, sayyohlik agentidan bepul maslahat olish uchun quyidagi bannerni bosing va telefon raqamingizni kiriting. Sayyohlik agentlari mehmonxonalarning afzalliklaridan xabardor, ularga savol berishdan tortinmang.

Sharm al-Shayxga sayohatlar
Sharm al-Shayxga sayohatlar
Sayohat haqida batafsil ma'lumot olish

10 660 500 UZS

-15%% Siz uchun
9 270 000 UZS
Sotib olish

Agar xonaga joylashayotganda ta'tilni bu yerda o‘tkazishni xohlamasligingizni va vaziyatni qanday hal qilishni bilmasligingizni tushunsangiz, yordam uchun o‘zingizning sayyohlik agentingizga murojaat qilishingiz mumkin.

Xonaga juda erta va kech ko‘chib o‘tishda muammoga duch kelishingiz mumkin

Misr mehmonxonalariga joylashish xalqaro standartlarga muvofiq amalga oshiriladi, ya’ni umumiy qoidaga ko‘ra, siz 14:00 dan keyin joylashishingiz mumkin. Siz samolyotdan tushga yaqin tushib, shaharga kelgan bo‘lsangiz, bu muammo emas. Agar siz juda erta, aytaylik, ertalab soat 5 da uchib kelgan bo‘lsangiz, bu boshqa gap.

Ba’zi mehmonxonalarda tashrif buyurgan barcha mehmonlarning qo‘llariga darhol bilaguzuk taqiladi, bu esa joylashishni kutgan holda bar va restoranlarda bepul ovqatlanish imkonini beradi. 

Boshqa mehmonxonalarda kishilar bir necha soat lobbida o‘tirib, soat 14:00 ni kutishga majbur bo‘lishadi. Agar siz farzandlaringiz bilan birga bo‘lsangiz, kutish yanada zerikarli ko‘rinish oladi.

Turagentingizdan samolyot Misrga soat nechada kelishini bilib oling.

Agar qo‘nish ertaroq bo‘lsa, mehmonxonaga kelganingiz zahoti bilaguzuk taqishlariga, restoranda bepul xarid qilish imkoniyati bor-yo‘qligiga  aniqlik kiritib oling.

Mehmonxona va turni tanlash bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, quyidagi bannerni bosing va turagentdan bepul maslahat olish uchun telefon raqamingizni kiriting.

Sharm al-Shayxga sayohatlar
Sharm al-Shayxga sayohatlar
Sayohat haqida batafsil ma'lumot olish

10 660 500 UZS

-15%% Siz uchun
9 270 000 UZS
Sotib olish

Agar siz erta kelgan bo‘lsangiz va xonaga joylashish uchun bir necha soat kutish juda qiyin bo‘lsa, mehmonxona menejeridan qo‘shimcha to‘lov evaziga erta joylashish mumkinligini so‘rang. Afsuski, bunday imkoniyat har doim ham bo‘lavermaydi. Shunga qaramay, siz mehmonxona hududida sayr qilish, dengizda suzish huquqiga egasiz. Biroq sizga bepul sochiqlar berishmaydi, chunki ular kelib joylashgan sayyohlarga beriladi.

Sohillar

Sharm-al-Shayx dengizida cho‘milishning o‘ziga xos xususiyati - bu qirg‘oq yaqinida marjonlarning mavjudligidir. Shu sababli (aksariyat hollarda) "koral" deb ataladigan maxsus poyabzalda suzishga ehtiyoj tug‘iladi. Agar sizda "koral"lar bo‘lmasa, ularni albatta sotib oling, bunday oyoq kiyimlar ehtimol, mehmonxona hududida sotiladi. Aks holda, dengiz tipratikanini bosib olish xavfi bor.

Mehmonxonani band qilishda quyidagi jihatlarga e’tibor bering:

  • Sohil aynan qayerda joylashgan: birinchi, ikkinchi, uchinchi qirg‘oq chizig‘idami.
  • Agar sohil ikkinchi, uchinchi qirg‘oq chizig‘ida bo‘lsa, bepul transfer bor-yo‘qligini oldindan aniqlang.
  • Ba’zan transfer bepul bo‘ladi, lekin yog‘och kravot uchun haq to‘lanadi. Buni ham oldindan bilib qo‘ygan ma'qul.

Sharm-al-Shayxda dengizga ravon kirib boradigan qumli sohillar mavjud, ular ayniqsa yosh bolali sayyohlarga ma'qul keladi. Agar sizga qumli sohil kerak bo‘lsa, turoperatorga murojaat qiling va bu holatni unga ayting.

Yana bir nechta muhim jihatlar

  • Mahalliy aholidan yordam olish kerak emas - ular, masalan, tuyaga minishni taklif qilishlari mumkin. Ko‘pincha bunday yordam bepul bo‘lmaydi: tuyaga minish - bepul, undan tushish esa  faqat pul evaziga  amalga oshadi.
  • Misrda faqat bozordagina emas, umuman hamma yerda savdo qilish mumkin.
  • Mayda pullar yoningizga bo‘lsin: agar siz sotuvchiga yoki taksi haydovchisiga katta pul bersangiz, ular qaytim yo‘q deb aytishlari va pulni keyinroq berishlarini va’da qilishlari mumkin.

Agar siz noxush kutilmagan voqealarsiz hordiqni xohlasangiz, professional sayyohlik agentiga murojaat qiling, u Sharm-al-Shayxda dam olishga oid barcha savollarga javob beradi.

Hozirning o‘zidayoq Toshkentdan parvoz qiluvchi Sharm-al-Shayxda dam olish bo‘yicha maslahatga buyurtma berishingiz mumkin. Tur haqida ma’lumot olish uchun quyidagi bannerni bosing va paydo bo‘lgan shaklga telefon raqamingizni kiriting.

Sharm al-Shayxga sayohatlar
Sharm al-Shayxga sayohatlar
Sayohat haqida batafsil ma'lumot olish

10 660 500 UZS

-15%% Siz uchun
9 270 000 UZS
Sotib olish

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.