SPFsiz tashqariga chiqib bo‘lmaydi: O‘zbekistonda haftalik ob-havo va 7 ta yozgi obraz


O‘zbekistonda haftalik ob-havo bizni kurort mamlakatlariga ta’tilga borishni unutishga majbur qilmoqda: tashqarida shu qadar issiq va quyoshli bo‘ladiki, hech qayerga uchging kelmaydi. SPFli krem bilan qurollanamiz, panama kiyamiz va suv balansini saqlashni unutmaymiz. Tashqarida ko‘proq vaqtni soyada o‘tkarish tavsiya qilinadi. Bunday issiq havoni esa ZARA va Mango do‘konlaridan Masha topgan yozgi obrazlar bilan yanada zavqliroq qilish mumkin.
Toshkentda 12-maydan 18-maygacha haftalik ob-havo prognozi
12-may
Ish haftasi quvonchli va ilhomlantiruvchi tarzda boshlanadi: tashqarida ochiq va quyoshli havo, kunduz kuni +32, kechqurun esa +28 daraja issiqlik. Kunni tabassum bilan kutib olamiz va hayotdan bahramand bo‘lamiz, shuningdek, sayrga chiqamiz: 10 ming qadam yurganda sog‘liq va sohil bo‘yi mavsumiga a’lo darajadagi qomat o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi.
Mashada:
13-may
Seshanba kuni yanada issiqroq harorat bo‘ladi: ertalabdan sinoptiklar +29, mutlaq ochiq osmon va shamol bo‘lmasligini bashorat qilmoqda. Kunduz kuni Toshkent qizib ketadi – naqt +35 daraja. Kechqurun salqinlik darajasi esa +28.

Mashada:
14-may
Haftaning o‘rtasida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar kabi quyosh nurlari ostida havo ham qiziydi – kunduz kuni +36. Soya joylar ostida yashirinamiz, himoya kremini ishlatamiz, yengil va foydali ovqatlar iste’mol qilamiz. Kechasi +30, shuning uchun yog‘li ovqatlarga ruju qo‘ymang.
Mashada:
15-may
Ishonasizmi-yo‘qmi, bu hafta yanada issiq bo‘lishi mumkin: payshanba kuni O‘zgidromet kunduzi +38, kechqurun esa +32 daraja issiqlikni va’da qilmoqda. Qolganlari esa odatdagidek: yog‘ingarchilik yo‘q, soya joylarga yashirinish istagi. Toshkentdagi havo sifati ham uncha yaxshi emas.
Mashada:
16-may
Juma kuni ob-havo payshanbadagi kabi bo‘ladi: kunduz kuni +38, kechqurun esa +32. Parkda piknik, ochiq osmon ostida kechki tadbir yoki dachaga borish uchun ayni fursat. Qozonda palov pishirish yoki ko‘mirda go‘sht qovurish – oila davrasida mazali kechki ovqatga loyiqsiz!
Mashada:
17-may
Shanba kuni biroz salqinroq bo‘ladi va biz bundan xursandmiz: ertalab +31, kunduz kuni +34, kechqurun esa +29. Uyda o‘tirmaymiz – nonushta, sayr qilish yoki akvaparkka boramiz. Toshkentdagi savdo markazlariga kirib, yangi suzish kiyimlari xarid qilishning ayni vaqti.
Mashada:
18-may
Yakshanba uncha quyoshli bo‘lmaydi va harorat ham biroz salqinroq bo‘ladi: yengil bulutlar va +29 daraja issiqlik kutilmoqda. Tunda esa +20. Kechani uyda: uyni umuniy tozalash, seriallar va yaqinlaringiz bilan quchoqlashuvlar bilan o‘tkazgan ma’qul. Yangi ish haftasiga va navbatdagi ob-havo prognoziga kuch yig‘amiz.
Mashada: