08.10.2025
“Jodugar” serialining to‘rtinchi mavsumi treyleri e’lon qilindi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Internetda “Jodugar” fantastik serialining to‘rtinchi mavsumi treyleri paydo bo‘ldi. Yangi qismlar 30-oktyabr kuni Netflix’da efirga uzatiladi.
Riviyalik Geralt rolini Genri Kavillning o‘rniga Liam Xemsvort (“Ochlik o‘yinlari”) ijro etadi.
Keyingi qismlar syujeti jodugar, Yennifer (Freyya Allan) va Sirining (Anya Chalotra) yangi xavfli sarguzashtlari haqida hikoya qiladi.
Yangi mavsumda jami sakkizta qism rejalashtirilgan. “Jodugar” seriali Anjey Sapkovskiyning romanlar turkumi asosida yaratilgan. Loyiha beshinchi mavsumda rasman yakuniga yetadi.