РУ
O’Z
UZS
/
/
Ob-havo maʼlumoti: 6–8-fevral kunlari +13 daraja boʻladi
04.02.2025 (yangilandi 04.02.2025)

Ob-havo maʼlumoti: 6–8-fevral kunlari +13 daraja boʻladi

Ob-havo maʼlumoti: 6–8-fevral kunlari +13 daraja boʻladi

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutiladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 7-12° iliq; 7-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; 8-fevralda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 6-7-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. 8-fevralda kechga tomon baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6-fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 7-fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 8-fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 6-11° iliq; Navoiy viloyatining shimolida 6-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 7-12° iliq; 7-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; 8-fevralda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 8-fevralda Samarqand viloyatida kechga tomon baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5°iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 6-7-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. 8-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 6-7-fevralda 12-17° iliq, 8-fevralda 8-13° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-7-fevralda 2° sovuq-3° iliq, 8-fevralda 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 6-7-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. 8-fevralda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6-7-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq, 8-fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.