27.09.2025
Eymi Lu Vud ishtirokidagi “Kinoklub” mini-serialining tizeri e’lon qilindi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
BBC “Jinsiy ta’lim” va “Oq nilufar” loyihalari yulduzi Eymi Lu Vud qatnashgan yangi mini-serial — “Kinoklub”ning dastlabki tizerini taqdim etdi.
Loyiha garajda kinoklub tashkil etishga qaror qilgan eng yaqin do‘stlar haqida hikoya qiladi.
Asta-sekin qahramonlar bir-birlariga ko‘ngil qo‘yadi. Shuningdek, tarkibda Nabhan Rizvan, Syuranna Jons va "Emmi" mukofoti sovrindori Ouen Kuper (“O‘tish davri”) ham bor.
Vud, shuningdek, “Kinoklub”ning ssenariy muallifi ham bo‘lgan. Barcha olti qismning premyerasi 7-oktyabr kuni BBC Three telekanalida namoyish etiladi.