Toping.uzʼda afisha: Shahnoza dam olish kunlarida qayerlarga borishni yoqtirishini aytdi
Qishning birinchi oyi boʻlgan dekabrning navbatdagi haftasi ham yakuniga yetmoqda. Poytaxt koʻchalari qishga xos boʻlgan tund rangga kirgan, havo esa yana ilib, koʻchalarda muzlar erimoqda. Bloger Shahnoza Abdullayeva bilan kumush qishdagi Toshkent haqida suhbat olib bordik.
Hordiq
Men koʻproq ekoparkda aylanishni xush koʻraman. Chunki u yerdagi barcha oʻz-oʻzi bilan band boʻladi. Hech kim atrofdagilarga sinchiklab tikilmaydi.
Bu yerda oʻz xayollaringiz bilan yolgʻiz qolishga imkon topa olasiz. Shuningdek, bu bogʻ turli fasllarda oʻziga xos ranglarga burkangani bilan ham yoqimlidir.
Kino
Men kinoteatrdagi namoyishlarga tez-tez borib turaman. Keskin mashhurlikka erishgan filmlarni yirik ekranlarda tomosha qilishni yoqtiraman. Komediya va melodrama janrlarini yoqtiraman.
Qoʻrqinchli janrdagi filmlarni tomosha qila olmayman. Teatrga keladigan boʻlsak, oxirgi marta maktab paytlarida sinfdoshlarim bilan tushganman. Undan keyin tomoshalarga bora olmadim.
Taom
Menga Pro.Xinkali, Shashleek restoranlari va Bon! kafelar tarmogʻida ovqatlanish koʻproq yoqadi. Umuman olganda, bu brendlarning nomiyoq xoʻrandalarga koʻp narsani soʻzlab beradi.
Pro.Xinkaliʼga faqat pishloqli xinkali va qarsildoq baqlajon salati yeyishga, Shashleekʼka esa mastava va mitti shashliklar yeyishga kiraman. Bonʼga esa Parijning kichik boʻlagi sifatida qarayman, ulardagi lososli kruassan juda yoqadi.
Xarid
Afsuski, baxtga qarshimi yoki aksincha men xaridlar jinnisi emasman. Faqat kerakli va doim kiyadigan kiyimlarni sotib olaman. Odatda yirik brendlarning ilovalaridan buyurtma beraman.
Shuningdek, No.Name Store va Luxxor kabi mahalliy brendlardan ham kiyimlar olaman. Bunda doim sifatiga eʼtibor beraman. Ming chiroyli kiyim boʻlmasin, uni kiyganingizda qulay boʻlishi lozim.