Toshkent aeroportida avtomatik yuk saqlash kameralari oʻrnatildi


Toshkent aeroportining xalqaro va mahalliy aviaqatnovlar terminallarida yoʻlovchilar oʻz yuklarini tashlab, shaharda vaqt oʻtkazishi mumkin boʻlgan avtomatik javonlar oʻrnatildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” axborot xizmati xabar berdi.
Xalqaro terminalda yuklarni saqlash kameralari uchib ketish zalining birinchi qavatida oʻrnatilgan boʻlib, tunu kun faoliyat olib boradi.
- Yuklarni saqlash narxi — bagaj hajmiga qarab 1 soat uchun 15 000 soʻmdan 40 000 soʻmgacha;
- Ruxsat etilgan oʻlchamlar: standart — 60×50×80 sm, oʻrta — 90×50×80 sm va katta — 180×50×80 sm.
Mahalliy aviaqatnovlar uchun moʻljallangan terminalda esa uchib ketish va uchib kelish zallari oʻrtasida joylashgan, u ham 24 soat ishlaydi. Yuklarni saqlash narxi soatiga 10 000 soʻm (barcha turdagi bagaj uchun yagona tarif). Ruxsat etilgan oʻlchamlar: kichik — 43×50×34 sm, standart — 60×50×80 sm.
Avtomatik yuklarni saqlash javoni uchun toʻlov quyidagi tartibda amalga oshiriladi: saqlash joyi tanlanadi va naqd pul yoki bank kartalari orqali amalga oshiriladi.