верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Toshkent viloyatida doimiy ishlaydigan “Yoshlar sayilgohi” barpo etiladi
02.12.2024

Toshkent viloyatida doimiy ishlaydigan “Yoshlar sayilgohi” barpo etiladi

Toshkent viloyatida doimiy ishlaydigan “Yoshlar sayilgohi” barpo etiladi

Toshkent viloyatining Qibray tumanida 24/7 rejimida faoliyat yuritadigan “Yoshlar sayilgohi” tashkil etiladi. Majmua hududida kovorking markazi, karaoke-klub, kiber sportchilar klubi, shuningdek, savdo, sayyohlik, madaniy va koʻngilochar inshootlar qurilishi rejalashtirilmoqda.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, Qibray tumanida yaqin kunlarda 24/7 rejimida ishlaydigan “Yoshlar sayilgohi” barpo etiladi.

1,36 milliard soʻmlik loyiha “Tashabbusli byudjet — 2024” ikkinchi mavsumining gʻolibi boʻldi. Uni amalga oshirish uchun “Sohibkor” mahallasi hududidan 0,6 gektar yer maydoni ajratib berildi.

Majmua hududida kovorking markazi, karaoke-klub, kiber sportchilar klubi, shuningdek, savdo, sayyohlik, madaniy va koʻngilochar inshootlar qurilishi rejalashtirilmoqda. Yoshlar loyihasida ishlash uchun mingga yaqin yosh kadrlarni jalb etish koʻzda tutilmoqda.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.