Biznesingiz uchun kreditlar
РУ
O’Z
UZS
/
/
Oldin va hozir: “Brigada” seriali aktyorlari 23 yil ichida qanday oʻzgardi?
22.01.2025 (yangilandi 22.01.2025)

Oldin va hozir: “Brigada” seriali aktyorlari 23 yil ichida qanday oʻzgardi?

Oldin va hozir: “Brigada” seriali aktyorlari 23 yil ichida qanday oʻzgardi?

“Brigada” — 1989-2000-yillar oraligʻidagi voqealarni qamrab olgan 15 qismdan iborat 2002-yilgi rus kriminal teleseriali. Syujet markazida Aleksandr Belov (Sasha Beliy) boshchiligidagi jinoiy guruhga birlashgan toʻrt doʻstning taqdiri turadi. Serial “Avatar film” kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan.

image

2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!

icon

Film Aleksey Sidorovning rejissyorlik debyuti boʻlib, bosh rollarni ijro etgan Sergey Bezrukov, Andrey Panin va Yekaterina Gusevaga, shuningdek, Dmitriy Dyujev, Vladimir Vdovichenkov va Pavel Maykovga katta shuhrat keltirgan. Filmda katta avlod aktyorlarining bir necha mashhur vakillari ikkinchi darajali rollarda ishtirok etishgan.

00 yillarda barcha yosh yigitlarning asosiy qahramoniga aylangan Sasha Beliy obrazini gavdalantirgan aktyor Sergey Bezrukov Rossiyada xizmat koʻrsatgan artist unvoniga ega. U ijodiy faoliyati davomida uzoq yillar teatrda barakali xizmat olib borgan. Aktyor 2024-yilda rejissyor Anna Matison tomonidan NTV kanali uchun suratga olingan “Plevako” detektiv serialida bosh qahramonni ijro etdi.

Brigadaning asl asoschisi Kos rolini oʻynagan aktyor Dmitriy Dyujev ham 2018-yilda Rossiyada xizmat koʻrsatgan artist unvoniga sazovor boʻldi. U 2010-yillargacha bir qancha film, multfilm va videooʻyinlarga ovoz berish bilan ham shugʻullandi. Shuningdek, 2012-yilda bir muddat rejissyorlik bilan shugʻullangan. Aktyor 2024-yilda Aleksey Nujniyning “Bremenlik sozandalar” myuziklida xoʻtik rolida koʻrinish berdi.

Kosmos bilan birgalikda oʻldirilganda hammamiz birdek siqilgan qahramon — Viktor Pchyolkin obrazini aktyor Pavel Maykov gavdalantirgan. Pasha ayni vaqtda “Magrit” rok guruhining yakkaxoni sifatida ijod qilmoqda. U 2024-yilda “Bizda yoz” filmida Misha amaki rolida koʻrinish berdi. Ijodkor hozirda bor eʼtiborini musiqiy sanʼatga qaratgan desak, mubolagʻa boʻlmaydi.

Sasha Beliyning tansoqchisi Fil rolini ijro etgan Vladimir Vdovichenkov soʻnggi yillarda faol ijod qilmoqda. Jumladan, u 2024-yilda Konstantin Ernstning “Qarshilik” trillerida hamda Sarik Andreasning “Onegin” melodramasida bosh rollarni ijro etdi. Aktyor ijodda boʻlgani kabi shaxsiy hayotda ham serqirra hisoblaandi. U shu paytgacha besh marta oila qurgan.

Yigitlarning sevimli ikonasiga aylangan Olga Surikova obrazini gavdalantirgan Yekaterina Guseva ayni paytda 48 yoshda. U 2009-yildayoq Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist unvoniga sazovor boʻlgan. Aktrisa 2024-yilda rejissyor Kirill Seduxinning “Musiqa mashinasi” filmida Svetlana rolini ijro etdi.

Serialdagi asosiy antogonist Vladimir Kaverin rolini ijro etgan aktyor Andrey Panin 2013-yilda 50 yoshida vafot etgan. Aktyor ijodi haqida juda koʻplab hujjatli filmlar ishlangan. Shulardan biri 2022-yilda eʼlon qilingan “Soya bilan jang” loyihasidir. Unda aktyorning tanishlari, hamkasblari va doʻstlari qatnashib, Panin hayotiga oid qiziqarli faktlar bilan boʻlishgan.

Serial musiqasini bastakor Aleksey Sheligin yozgan. Rejissyor Aleksey Sidorovning soʻzlariga koʻra, u Sheligin tomonidan yaratilgan musiqiy mavzularning oʻz tasavvuriga qanchalik mos kelganidan, shuningdek, ular alohida sahnalarning xronometrajiga toʻgʻri kelganidan hayratda qolgan.

Bu qiziq

2 milliard so‘mgacha kredit!  Rasmiylashtirish – 1 kunda!
2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.