“Palm Royal” serialining ikkinchi mavsumi treyleri e’lon qilindi


Apple TV strim-xizmati “Palm Royal” komediya shousining yangi mavsumi treylerini taqdim etdi. Kristen Uig (“Vegasdagi qizlar bazmi”) ishtirokidagi serial 12-noyabr kuni ekranlarga qaytadi.
Syujet voqealari 1970-yillarda kechadi. Bosh qahramon Maksin Delakort (Uig) Floridadagi Palm-Bich shahrining yuqori tabaqasiga kirishga bor kuchi bilan intiladi. Loyihada shuningdek, Laura Dern, Ellison Jenni, Riki Martin, Kerol Bernett va boshqalar ham rol ijro etishgan.
“Palm Royal”ning rejissyori Abe Silviya (“Abadiy xayrlashuv”). Birinchi mavsum 2024-yil mart oyida efirga uzatilgan bo‘lib, tanqidchilarning turlicha fikrlariga (Rotten Tomatoes saytida 56%) va “Emmi” mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Ikkinchi mavsum o‘n qismdan iborat bo‘ladi.