“Visa Fashion Week Tashkent” tez orada: jadvali va ishtirokchilarning shartli ro‘yxati
Kuzning eng modali tadbirlaridan biri bo‘lgan “Visa Fashion Week Tashkent” 14-15-noyabr kunlari o‘tkaziladi. 4-mavsum ishtirokchilari kimlar va bu tadbirni nima uchun barcha moda ixlosmandlari o‘tkazib yubormasligi kerakligi haqida – bizning izlanishlarimizda o‘qing.
May oyida o‘tkazilgan “Visa FW Tashkent”ning uchinchi mavsumi samoviy ko‘rsatuv – uchayotgan asteroid va ilmiy kashfiyotlar bilan bezatilgan kosmik dekoratsiyalar bilan yakunlandi. Shuningdek, moda jamiyatining stritstayl uslubidagi bazmda: blogerlar, modellar va musiqachilar – o‘zlarining modali ko‘rinishlari bilan chiqishlarini fotograflar suratga tushirishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu go‘zalliklarni anglashga urinib turganimizda, bu tadbirning to‘rtinchi mavsumi ham boshlandi, u yanada jozibador bo‘lishi kutilmoqda.
“Visa Fashion Week Tashkent” yangi mavsumining mavzusi “Moments of Miracle” deb ataladi. Shu sababli, tadbir bo‘lib o‘tadigan asosiy joy bir necha kun davomida yorug‘lik va ertaklardagi kabi muhitga burkangan bog‘ yoki gullar balliga aylanadi. Tadbir hamkori “Elle Uzbekistan” jurnali bo‘ldi.
“Visa Fashion Week Tashkent” jadvali
“Visa FW Tashkent”da 12 ta moda brendi namoyish etiladi – unda nafaqat O‘zbekiston, balki Qozog‘iston, Ukraina va Ozarbayjon brendlari ham ishtirok etadi. Qaysi ishtirokchilar bu ro‘yxatga kiritilgan ekan?
Azukar Moreno (O‘zbekiston)
“Moda va ekologiya uyg‘unlikda yashaganda” deb o‘zini ta’riflaydigan Kamola Rustamovaning brendi. “Visa FW”da dizayner komiks qahramonlari bilan emas, balki haqiqiy, jasur va erkin ayollar bilan ilhomlangan “Super Woman” kollektsiyasini taqdim etadi.
COSMODINASS (O‘zbekiston)
Bu brendni moda blogerlari kosmik uslubi va “from space to earth” shiori uchun yaxshi ko‘radi. “Visa FW”da tomoshabinlar “Kosmik Jangchilar” yangi – futuristik va SI’dan ilhomlanib yaratilgan kollektsiyasini ko‘rishadi. Kiborg-modellar, obrazlarda texnologiyalarning uyg‘unligi, shuningdek, innovatsiyalar va qadimiy an’analar joy olgan tarixiy obrazlar namoyishi sizni kutmoqda.
OZODA (O‘zbekiston)
Dizayner Ozoda Ishakova boshchiligidagi premium brend bo‘lib, u nozik, hashamatli aristokratlar yuragini – qimmat, sodda va o‘ziga xos obrazlar bilan quvontiradi. Ehtimol, sizga biror to‘y libosi topilishi mumkin, axir OZODA asosan kelinlar uchun maxsus qo‘lda tayyorlangan kiyimlar yaratadi.
Azamat Sametov (O‘zbekiston)
“Visa Fashion Week Tashkent” 4-mavsum erkak dizayner va tikuvchi ishtirokchilari orasida Azamat Sametov alohida ajralib turadi. Brend erkaklar uchun klassik lineykalar: smokinglar, palto va kostyumlarni taqdim etadi. Podiumda “Modern” kollektsiyasi taqdim etiladi, bu esa haqiqiy erkakning kundalik – intellektual, ongli va kuzatuvchi – uslubini ifodalaydi.
DARK’N’CORE (Qozog‘iston)
“Oy” brendi dizayneri, o‘zining alternativ o‘ziga o‘xshagan Arevik Xamar tomonidan yaratilgan. “5-element” filmidagi qahramon Plava Lagunadan ilhomlanib yaratilgan Materium kolleksiyasi, brendning debyut kollektsiyasi bo‘ladi. Kollektsiyada ko‘plab metallik, ekologik charm hamda donolik, bashorat va muhabbat ramzlarini aks ettiruvchi detallarga ega.
GASANOVA (Ukraina)
Ukrainaning birinchi xonimi va Vinni Harlou kabi modelar yaxshi ko‘ragan brend. Minimalizm, haykaltaroshlik siluetlari, nozik ranglar – yuqori moda va qulaylik o‘rtasida ideal muvozanat. Yangi GASANOVA kollektsiyasi islub namoyandasi bo‘lishdan qo‘rqmaydigan kuchli va mustaqil ayollarga bag‘ishlanadi.
DILNOZ (O‘zbekiston)
Dizayner Dilnoz Erkinova milliy motivlar va dolzarb trendlarga to‘la kollektsiyasini taqdim etadi. Tabiiy materiallar, biserlar bilan qo‘lda tikilgan naqshlar, sharqona muhit, sezgir va sirli vayblar. Bu kiyimlar zamonaviy parilar va sehrgarlar uchun yaratilgandek go‘yo.
ZARDOZI (Qozog‘iston)
“Visa FW” doirasida ushbu brend “Bee Woman” yangi kollektsiyasini taqdim etadi. Bu kollektsiya dizaynerlar tomonidan ayollarning kuchi, go‘zalligi va erkinligiga bag‘ishlangan. Kolleksiyaning ilhom manbai esa asalari – barcha ayollar kabi mehnatsevar, ko‘p qirrali obraz. Har bir model tabiiy matolardan yaratilib, maxsus naqshlar va individual detallar bilan bezatilgan.
SURAYA (O‘zbekiston)
SURAYA brendi chaponlari va boshqa asarlari allaqachon moda ixlosmandlarining yuragini zabt etgan. Brendning har bir ishi O‘zbekistonning uzoq tarixining aksidir, bu san’at asari 35 bosqichda yaratiladi! Brendning yangi kollektsiyasi – kuchli, ammo ayollik latofatini o‘zida mujassamlashtirgan ayolning kiyimlaridan iborat.
LILIYA DULAT (O‘zbekiston)
Dizayner Liliya Palyunina an’analar va zamonaviylik o‘rtasidagi ko‘prik sifatida ta’riflagan “Bazaar Season” kollektsiyasini taqdim etadi. An’anaviy o‘zbek ipaklari, etnik naqshlar bilan bezatilgan oversayz siluetlar, shuningdek, Markaziy Osiyo “colour-block”lar – bu juda qiziqarli ko‘rinadi!
ZUMRUD MIRZALIYEVA (Ozarbayjon)
“Visa Fashion Week Tashkent”ning eng sirli ishtirokchilaridan biri Zumrud Mirzaliyeva. Dizaynerning har bir kollektsiyasi an’anaviy motivlar va zamonaviy tendentsiyalar, latofatlik va qulaylikni birlashtiradi, shuningdek, kashtali naqshlar va qo‘lda ishlov berilgan detallarga ega. Dizayner, albatta, moda trendlari haqida ham unutmaydi, bir intervyuda u 2024-yilda 2000-yil modasi qaytishini bashorat qilgan.
ZHSAKEN (Qozog‘iston)
Saken Jaksibayev o‘zining yaqinda Olmotada bo‘lib o‘tgan “Visa FW”da namoyish etilgan yangi kollektsiyasini taqdim etadi. Dizaynerning yangi liniyasidan nimalarni kutish mumkin? Bizni allaqachon tanilgan qora-oq rang palitrasi, noodatiy prinlar (masalan, gepard naqshlari), hayratlanarli shleyflari bor ko‘ylaklar, smokinglar, bosh kiyimlar (kichik shlyapadan tortib, beysbolkagacha) va boshqa ko‘plab narsa kutmoqda.
Fashion olami haqida yanada ko‘proq qiziqarli ma’lumotlarni o‘qish uchun Telegram’dagi Toping moda va uslub kanaliga qo‘shiling!