12.05.2025
Turkish Airlines samolyot toʻliq toʻxtamasidan oldin oʻrnidan turganlarga jarima soladi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Endi “Turkish Airlines” kompaniyasida samolyot to‘liq to‘xtamaguncha va “kamarlarni taqing” signali o‘chmaguncha o‘rnidan turgan yo‘lovchilar qoidabuzar deb hisoblanadi. Bunday xatti-harakatlar uchun xuddi bortdagi bezorilik kabi jarimaga tortilish mumkin.
Bagaj javonlarini muddatidan oldin ochgan yoki ekipaj koʻrsatmalariga quloq solmaganlar uchun ham jarima mavjud.
Qayd etilishicha, bort kuzatuvchilariga qo‘ngandan so‘ng darhol yo‘lovchilarni ushbu yangi qoida haqida ogohlantirish topshirilgan. “Turkish Airlines” buni xavfsizlik nuqtai nazaridan amalga oshirilganini tushuntirmoqda.
Ma’lum qilinishicha, bunday holatlar bir necha bor jarohatlar va baxtsiz hodisalarga olib kelgan.