Qanaqa “Yandeks. Stansiya”ni xarid qilgan ma’qul? Biz bu borada mukammal variant (va Yangi yil uchun yaxshi sovg‘a) topdik
“Yandeks”da aqlli ovoz kuchaytirgichlar ko‘paydi: endi “Mini” ham, “Maks” ham, “Duo Maks” ham, “Midi” ham bor. Xo‘sh, yaxshi jaranglashi, barcha funksiyalari bo‘lishi va hamyonga ham unchalik ta’sir qilmaydigan bo‘lishi uchun ulardan qaysi birini tanlash kerak? Toping.uz “Midi” modelini eng maqbul variant deb topdi. Nima sababdan uning o‘zingiz uchun uyga yoki sovg‘a sifatida eng yaxshi tanlov deb hisoblanishini hozir so‘zlab beramiz.
Birinchi dalil: yaxshi ovoz
Yetarli darajada ixcham hajmda bo‘lishiga qaramasdan, “Midi” munosib qabul qilinadi. Bularning barchasi uchta dinamika, shuningdek, Room Correction makonni tanib olish tizimi tufaylidir. Ovoz kuchaytirgich qaysi xonada turganini biladi va uning o‘lchamlarini aniqlaydi. Bundan kelib chiqib, qurilma maksimal darajada yaxshi eshitishga erishish maqsadida ijro sozlamalarini o‘zgartiradi.
Uning umumiy quvvati - 24 Vtga teng. Ikkita yuqori chastotali dinamikasi past chastotali dinamika bilan birgalikda ishlab, bu har qanday musiqa janrida muvozanatli tovushni uzatadi.
Ikkinchi dalil: stansiya sizning buyruqlaringizni aniq eshitadi
“Stansiyalar”ning barcha yo‘nalishi nafaqat musiqa, balki aqlli uy yordamchisi haqida hamdir. Yordamchi Alisa bilan muloqot ovoz orqali amalga oshiriladi, shu sababli tizimning buyruqlarni yaxshi eshitishi muhim sanaladi. Bu ishni to‘rtta mikrofon bajaradi. Ular hatto katta xonada ham ovozni bilib olishadi, bunda ovoz kuchaytirgichga yaqinlashish shart bo‘lmaydi.
Uchinchi dalil: Internetsiz ham talabnomalarning tezda bajarilishi
Bu ikkinchi dalilning davomi bo‘lib, stansiya sizni eshitishidan tashqari, hamma narsani tezda bajarsa, yaxshi bo‘lar edi. Bu yerda buyruqlarni aniq va tezkor tanib olishga mo‘ljallangan maxsus neyron protsessor yordam beradi.
Har qanday “Yandeks. Stansiya” - aqlli uyning haqiqiy boshqaruv markazi hisoblanib, chiroqlarni, aqlli maishiy texnika (choynak, multivarka) va boshqalarni yoqish hamda o‘chirish imkonini beradi. Ayrim hollarda internetsiz bularning barchasi ishlashdan to‘xtaydi. Ammo “Midi”da bunday emas: uning protsessori ma’lumotlarni serverga jo‘natmasdan turib, talabnomalarga “temir”ning o‘zida ishlov berish uchun yetarli darajada quvvatga ega. Demak, qurilmaga faqat elektr toki kerak bo‘ladi - u hatto internetsiz ham sizning uyga tegishli buyruqlaringizni bajara oladi.
To‘rtinchi dalil: bu butunlay “uydan turib boshqarish pulti”
“Midi” Zigbee protokolini qo‘llab-quvvatlaydi, buning natijasida aqlli qurilmalar (rozetkalar, chiroqlar, maishiy texnika) yagona tarmoqqa birlashtiriladi. Shunday qilib, yoqish yoki o‘chirish senariylarini yuklash yoki shunchaki ovozli buyruqlarni berish mumkin bo‘ladi. Va agar bu qandaydir keraksiz dabdabadek tuyulsa, ishoning - bir necha kundan keyin siz bunga ko‘nikasiz va uningsiz oldin qanday yashaganingizga hayron qolasiz.
Beshinchi dalil: u yerda yana displey ham mavjud
Stansiyaning old panelida vaqt, ob-havo kabi asosiy ma’lumotlar ko‘rsatiladigan ekran mavjud. Displeyning ravshanligi boshqariladi, shu sababli ovoz kuchaytirgich karavot yonidagi tumbochkada turgan bo‘lsa ham, tunda yorug‘lik xalaqit bermaydi. Qolaversa, agar “Midi” ko‘rish maydonida bo‘lsa, ovoz so‘rovisiz displeyga qarab, o‘sha ob-havoni bilib olish juda qulay.