Turli vaziyatlarda va shaxsiy chegaralarga tajovuz qilmagan holda “Ishlar qalay?” degan savolga qanday javob berish kerak? Maslahat va misollar
Umuman olganda “ob-havo-tabiat” toifasidagi navbatchi jumlani suhbatdoshning samimiy qiziqishidan qanday farqlash mumkin?
“Ishlar qalay” deb so‘rash dunyoda eng keng tarqalgan savol bo‘lsa kerak. Uni do‘konda, qahvaxonada, it bilan sayrda va hatto ertalabki axlatlarni olib chiqayotganda ham eshitish mumkin. Siz unga hech narsa deb javob bermagan yoki javob berishni umuman xohlamagan holatlarda to‘qnash kelganingizga ishonchimiz komil.
Siz bu ayniqsa, inson (aslida) turmush o‘rtog‘ingiz bilan janjalingiz, farzandingizning navbatdan tashqari shamollashi va onangizning qo‘ng‘irog‘i tufayli kuyib ketgan pirog haqida batafsil ma’lumotga chanqoq bo‘lmagan bir paytda ikkinchi tomonga ham oson bo‘lmasligi mumkinligini o‘ylab ko‘rganmisiz? Shu o‘rinda “Ishlar qalay?” - bu tarbiyali insonning navbatdagi ehtiromi emas, balki ochiq va uzundan-uzoq hikoya uchun talabnomasi ekanini qanday tushunish kerak, degan boshqa savol tug‘iladi.
Keling, hammasini tartib bilan (va misollarda) ko‘rib chiqamiz hamda bir vaqtning o‘zida “ishlar qanday?” degan savolga o‘zimiz va suhbatdoshimiz uchun ziyon yetkazmagan holda javob berishni o‘rganamiz.
Turli vaziyatlarda “Ishlar qalay?” degan savolda qanday javob berish mumkin?
Rasmiy va professional vaziyatlar
Rahbar-xodim misolida ko‘rib chiqamiz. Xo‘jayin “ishlar qalay?” deb so‘rasa, bu ish sizning ish jarayoningizga qiziqish yoki oddiy insoniy xushmuomalalik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Va bu yerda subordinatsiyani saqlash va professionallik hamda ijobiy kayfiyatni namoyish etish muhim hisoblanadi. Masalan, agar o‘ rinli bo‘lsa, albatta “Hammasi yaxshi, rejaga muvofiq ishlayapmiz” deyishingiz va joriy loyiha haqida kichik hisobotni qo‘shishingiz mumkin.
Hamkasblar uchun javoblarga misollar
Hamkasblarning “Ishlar qalay?” degan savoliga javob sizning munosabatlaringiz darajasiga bog‘liq. Agar bu shunchaki ishxonadagi silliq, ertalabki small talk bo‘lsa, “Hammasi joyida, rahmat. Sizdachi?” degan standart jumla bilan cheklanish mumkin. Ammo munosabatlaringiz yanada yaqin bo‘lsa, joriy haqidagi tafsilotlarni qo‘shish yoki umumiy sohangizga tegishli yangiliklar bilan o‘rtoqlashish mumkin bo‘ladi.
Do‘stona va norasmiy vaziyatlar
Yaqin do‘stingiz “Ishlaring qalay?” deb so‘rasa, bu u chindan ham sizning holingizni bilmoqchi ekanini anglatadi. Bunday vaziyatda ochiq va samimiy bo‘lish lozim. Agar baham ko‘radigan biror narsangiz (masalan, quvonchli yangilik yoki qandaydir muammo) bo‘lsa, fursatni boy bermang va samimiy suhbatga imkon yarating. Do‘stlar sizga gap bilan emas, ishda yordam bera olishlariga ishonchimiz komil.
Do‘stlar va tanishlar uchun javob namunalari: ishonchlidan ochiq-oydin javobgacha
Odatda biz hayotimizdagi ayrim voqealarni o‘rtoqlashadigan yaxshi tanish hamda oshnalarimizga ishonchli javoblarni albatta tafsilotlarsiz beramiz. Ularga quyidagilar kiradi:
Yaxshi zamonlar bo‘lgan edi. Bir dunyo ish va vaqt hech narsaga yetmaydi.
Xohlaganingdek darajada emas. Hali ham yangi mamlakat/xonadon/yangi ishda moslasha olmayapman.
Ko‘rinishidan yomonga o‘xshamaydi, lekin loyihani o‘z vaqtida topshirolmasligim/nimanidir o‘z vaqtida tugata olmasligimdan xavotirdaman.
Ochiq javoblar - do‘stlar va eng yaqin doira uchun. Bu yerda siz har qanday ko‘ngilsiz hodisa haqida gapirishingiz, yordam so‘rashingiz, shikoyat qilishingiz va shu bilan birga rad etilishi/tushunilmasligi mumkinligidan qo‘rqmasligingiz mumkin. Faqat ko‘zingiz uchun (umid qilamizki, bu sizning holatingizda emas).
Rostini aytsam, men ora yo‘lda turibman. Bilmadim, balki yangi ish qidirish vaqtim kelgandir? Bu yerda hamma narsa jonimga tegdi, lekin qulaylik to‘xtadi.
Yomon. Sog‘liq pand bermoqda. Ehtimol, biz bir oy oldin kelishib olgan operatsiyaga chek-ap qilish va qaror qabul qilish vaqti kelgandir.
Hammasi zo‘r. Darvoqe, meni tabriklashing mumkin. Kecha meni yuqori lavozimga ko‘tarishdi/menga mashina sovg‘a qilishdi/men o‘z orzuimdagi xonadonni maqbul narxda topdim.
Nima uchun har doim ham ochiqchasiga gapirib bo‘lmaydi
Ochiqlik yaxshi, lekin ba’zan haddan tashqari haqgo‘ylik kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Xo‘sh, nima uchun bosiqlikni o‘rganish muhim va qachon lom-lim demasdan turish turish kerak?
Oddiy “ishlar qalay”ga haddan tashqari ochiq va batafsil javob “oversharing” sifatida qabul qilinishi mumkin. Bu insonning suhbatdoshining xususiy va shaxsiy chegaralarini e’tiborsiz qoldirgan holda o‘zi haqida hamma narsani va undan biroz ko‘proqni gapirib berishga intilishi.
Notanish kishi o‘zining tibbiy kartasidan barcha kasalliklarini sanay boshlaganida, sevgi sohasidagi (manzillari, ismlari va qon guruhlari bilan) “g‘alabalari” bilan maqtanganda va hokazolar oversheringga yaxshi misol bo‘ladi.
Aytishlaricha, bu inson yomon bo‘lgani uchun emas, balki uning suhbat mazmunini tushuna olmasligi, guruhda “o‘ziniki” bo‘lishga intilishi va yuqori ijtimoiy xavotir tufayli sodir bo‘ladi. Muloqotdagi har qanday tanaffus kichik o‘lim sifatida qabul qilinganda zudlik bilan “bo‘shliqlarni” to‘ldirish kerak bo‘ladi.
Ochiqlikning ehtimoliy oqibatlari
Eng yaxshi holatda ochiqlik suhbatdoshingizning noqulay bo‘lib, sizdan qochishni boshlashiga, eng yomon holatda esa - g‘iybat tarqatishga olib kelishi mumkin. Bu endi uning vijdonliligi va sizning omadingizga bog‘liq. Ehtiyotkor bo‘ling!
Muammolaringiz haqida qachon rost gapirishingiz kerak
Ammo oshkoralikni yovuzlashtirish va “bekor qilish” kerak emas. Dildan suhbat yordamga muhtoj va chigal vaziyatdan chiqish yo‘lini qidirayotgan tashvishmand odam uchun haqiqiy malhamga aylanishi mumkin.
Misollar:
Bordiyu ishda o‘z vazifangizni yaxshi uddalay olmayotganingizdan xavotirlansangiz, hamkasb do‘stingizdan agar siz haqiqatan ham u bilan o‘zaro ishonchli munosabatda bo‘lsangiz loyihaga qo‘shgan hissangizni baholashini iltimos qiling!
Sizning kuchli tomonlaringizni ko‘rgan va yoddan biladiganlarga xatolaringiz va zaif tomonlaringiz haqida gapirib bering. Ehtimol, sizga odamlar xudo emasligi va hamma ham xato qilishi mumkinligini eslatishar.
Muammoni baham ko‘rishga arziydigan belgilar:
Siz hissiy qo‘llab-quvvatlashga juda ham muhtojsiz.
U oila/do‘stlar bilan munosabatlarga ta’sir qila boshladi.
U ishda mahsuldor va ishda diqqatni jamlashga xalaqit bermoqda.
Siz yechim topa olmayapsiz va o‘zingizni ado qilyapsiz.
Siz psixolog xonasida davolanyapsiz.
Shuni yodda tutish kerakki, o‘z muammolaringizni qulay vaziyatda va faqat o‘zingiz ishongan odamlar bilan bo‘lishishingiz kerak.
Qanday qilib qulay paytni tanlash mumkin?
Muammoni muhokama qilish uchun qulay paytni tanlash - bu tajriba bilan erishiladigan muloqot san’atidan darak beradi. Lekin biz ish berishi mumkin bo‘lgan bir necha layfxak bilan o‘rtoqlashishga harakat qilamiz.
Suhbatdoshingizning hissiy holatini hisobga oling. Agar uning o‘zi stressda yoki band bo‘lsa, ehtimol, qulayroq vaqtni kutish kerak.
Tinch va xoli joyni izlang. Kichkina qahvaxona, sizning xonadoningiz – muhim emas. Joy xususiy va chalg‘ituvchi omillardan xoli bo‘lishi kerak.
Sizda yetarlicha vaqt borligiga ishonch hosil qiling. O‘zingizda yoki suhbatdoshingizda bo‘lmasa, bunday suhbatni boshlamang. Shoshilish yomon oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Muammoni muhokama qilishga, javoblar yoki maslahatlarni eshitishga tayyorligingizni tekshirib ko‘ring. Hissiy ochiqlik - bu oson emas, unga tayyorlanish lozim.
Suhbatdoshingizdan imo-ishoralarni ilg‘ab oling. Insonning suhbatga ochiqligini hamda uning sizni tinglashga tayyorligini ko‘rish va his qilish. Ichki sezgini ishga soling.
Qanday qilib muloqot ko‘nikmalarini yaxshilash mumkin? 10 ta top maslahatlar
To‘g‘ri tinglashni o‘rganing. Suhbatdoshga to‘liq e’tibor berib, uning so‘zlariga qiziqish bildirganingizda va aniqlashtiruvchi savollar berganingizda faol tinglashni mashq qiling.
Empatik bo‘ling. Boshqalarning hissiy holatini tushunishga va his qilishga harakat qiling. Bu sizga ularning so‘zlariga yaxshiroq munosabatda bo‘lishga va iliq aloqalarni saqlashga yordam beradi.
Tana tilini nazorat qiling. Muloqotda noverbal muloqot katta ahamiyatga ega. Fikrlaringizni yaxshiroq ifodalash va boshqalarni tushunish uchun qomatingiz, yuz ifodalaringiz va imo-ishoralaringizga e’tibor bering.
Aniq fikrlang. Ravon va mazmunli so‘zlash ustida ishlang. Bu suhbatdoshingizga ma’lumotni osonroq qabul qilishga yordam beradi.
Boshqalarni suhbatga jalb qilish va ko‘proq ma’lumot olish uchun ochiq savollar bering. Bu sizning e’tiboringizni va suhbatdoshingizni tushunish istagingizni namoyish qiladi.
Fikr-mulohazasini (qayta aloqani) so‘rang. Boshqalardan sizning muloqot uslubingiz haqida fikr-mulohaza bildirishlarini so‘rang. Bu sizning do‘stingiz, hamkasbingiz yoki hatto muloqot bo‘yicha murabbiyingiz bo‘lishi mumkin.
Ziddiyatga ehtiyotkorona kirishing. Nizolarni konstruktiv hal qilishni o‘rganing, xotirjam bo‘ling va murosaga kelishga tayyorligingizni (hatto xohlamaganingizda ham) ko‘rsating.
Maxsus adabiyotlarni o‘qing. Samarali muloqot mavzusidagi kitoblar, maqolalar va videolarni o‘rganing. Bu sizga yangi texnikalar va mutaxassislardan maslahatlar olishga yordam beradi.
Omma oldiga chiqing. Masalan, tinglovchilar oldida nutq so‘zlash - bu o‘z fikrlarini ishonchli va aniq ifoda etishni rivojlantirish kalitidir.
Mukammallikni mashq qiling. Amaliyot hamma narsada yetakchi rol o‘ynaydi. Turli insonlar bilan muloqot qiling, yangi texnikalarni sinab ko‘ring va tahlil qiling - shunda siz muloqot ko‘nikmalarini tezroq mukammallik darajasiga yetkazasiz.