“Liverpul” Vinisius transferi uchun “Real”ga yirik miqdorda taklif bildirdi


Angliyaning “Liverpul” klubi Madridning “Real” jamoasida to‘p tepayotgan braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorni sotib olishga jiddiy bel bog‘lagan.
Mahalliy manbalarga ko‘ra, “qizillar” 25 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish uchun 100 million yevro miqdoridagi asosiy summa va qo‘shimcha 30 million yevro bonus taklif qilishga tayyor. Bu transfer 130 million yevroga baholanishi mumkin, bu esa “Liverpul” tarixidagi eng katta xarid bo‘lishi ehtimolini oshiradi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Avvalroq OAVda “Real Madrid” Vinisius Juniorni sotishga qarshi emasligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Hozirda uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilgacha mo‘ljallangan bo‘lsa-da, u klubda qoladimi yoki yo‘qmi — bu mavhumligicha qolmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Vinisius 2024/25-yilgi mavsumda “Real” tarkibida 58 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urgan va 19 ta golli pas bergan. Transfermarkt portali unga 170 million yevro qiymat belgilagan.