верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
“Uch qahramon” filmi qachon premyera qilinishi maʼlum boʻldi
08.11.2024

“Uch qahramon” filmi qachon premyera qilinishi maʼlum boʻldi

“Uch qahramon” filmi qachon premyera qilinishi maʼlum boʻldi

Kinematografiya agentligi hamda Jamoat xavfsizligi departamenti hamkorligida suratga olingan “Uch qahramon” filmi 1-dekabr kuni premyera qilinadi. Bu haqda kinokartina rejissyori filmga bagʻishlangan press-konferensiyada xabar berdi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

8-noyabr kuni “Renessans” kino uyida “Uch qahramon” filmiga bagʻishlangan press-konferensiya boʻlib oʻtdi.

Unda Kinokartina rejissyori va ssenariy muallifi Shohrux Rasulov, bosh rollardan biri ijrochisi Ulugʻbek Qodirov hamda kinoning bir qator ijodiy jamoasi ishtirok etdi.

Bosh rollarni oʻzbekistonlik taniqli aktyor Ulugʻbek Qodirovdan tashqari Shohrux Hamdamov va Sirojiddin Sattorov, shuningdek, qozogʻistonlik aktyor Tauekel Musilim ijro etgan.

Konferensiya davomida “Uch qahramon” filmining ikkinchi katta treyleri namoyish etildi. Shuningdek, kinokartina sauntreklari haqida maʼlumot berildi. Unga koʻra, fiilm uchun Tohir Sodiqov va Shoxrux musiqa yozgan.

“Uch qahramon” filmida jinoyatchilikka qarshi kurashda birdamlik, mardlik, jasorat va qatʼiyat ila oʻz xizmat vazifalarini oʻtayotgan bir qancha Ichki ishlar xodimlari faoliyati haqida soʻz boradi.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.