“Uensday” seriali ikkinchi mavsumining treyleri e’lon qilindi


Netflix “Uensday” serialining ikkinchi mavsumiga oid rasmiy treyler filmini taqdim etdi. Jenna Ortega bosh rolni ijro etgan serial 6-avgustda strimingga qaytadi.
Rejissyorlik lavozimiga yana Tim Burton qaytib keldi. Shuningdek, aktyorlar tarkibiga Ketrin Zeta-Jons, Kristofer Lloyd, Stiv Bushemi, Tandive Nyuton, Billi Payper va Ledi Gaga ham kiritilgan.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

“Uensday” “Addamslar oilasi” serialining spin-offi bo‘lib, “Nevermor” akademiyasi talabasi Uensday Addams haqida hikoya qiladi. Serial 2022-yilda efirga chiqqan va Netflix tarixidagi eng muvaffaqiyatli loyihalardan biriga aylangan.