30.10.2024
Toʻqqiz oyda 620 mlrd soʻmlik avtoraqamlar sotildi
Muallif
Shohzamon Shuhratov
Avtoraqamlarning sotuv soni hamda hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 2,6 barobarga oʻsgan.
Joriy yilning toʻqqiz oy davomida tovar-xomashyo birjasi orqali 152 mingdan ortiq avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda “Spot"ga OʻzRTXB matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, sotilgan avtomobil raqamlarining jami qiymati 620 mlrd soʻmni tashkil etdi. Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan savdo hajmi ham miqdor, ham pul ifodasida 2,6 barobarga oshgan.
Qayd etilishicha, ushbu sotilgan avtoraqamlardan 97 foizi jismoniy shaxslarga qolgan 3%i esa yuridik shaxslarga toʻgʻri kelgan.
Sotilgan raqamning maksimal narxi oʻzgarishsiz qoldi — 517,1 mln soʻm yoki boshlangʻich narxdan uchdan ikki qism oshdi, xaridor yuridik shaxs boʻldi.