верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Ulugʻbek Qodirov kutilmagan yangilikni eʼlon qildi
07.11.2024 (yangilandi 08.11.2024)

Ulugʻbek Qodirov kutilmagan yangilikni eʼlon qildi

Ulugʻbek Qodirov kutilmagan yangilikni eʼlon qildi

Taniqli aktyor Ulugʻbek Qodirov ijodiy faoliyatiga oid katta yangilikni eʼlon qildi.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

2010-yillarning eng mashhur aktyorlaridan biri hisoblangan Ulugʻbek Qodirov ayni paytda qizgʻin ijod bilan band.

Aktyor soʻnggi vaqtlarda bir qancha kinoloyihalarda ishtirok etmoqda. Jumladan, u “Alfons” deb nomlangan serialda suratga tushdi.

Qodirov 17-oktyabr kuni eʼlon qilgan postda ikkinchi jahon urushi qahramoni haqidagi filmda tasvirga tushayotganini maʼlum qildi.

Aktyor bu qaysi harbiy ekanini soʻrab, muxlislariga murojaat qilgan. Koʻpchilik film general-mayor Sobir Rahimov haqida ekanini taxmin qilmoqda.

Ulugʻbek Qodirov 2004-yili teatr institutini tugatgan. Biroq u aktyorlik faoliyatini 2001-yili “Ayol zoti” serialidagi epizodik roldan boshlagan.

Ijro etgan roli bosh rol darajasida chiqqani uchun rejissorlarning eʼtiboriga sazovor boʻldi. Bundan tashqari, Qodirov bir muddat oʻzini xonandalik borasida ham sinab koʻrgan.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.