Toshkentda “Qutqaruvchi” hujjatli filmining premyerasi boʻlib oʻtdi
![Toshkentda “Qutqaruvchi” hujjatli filmining premyerasi boʻlib oʻtdi](/storage/articles/7852/SAsArEW8AmkJxQF15ZaOg9LRnWBDOpmF.webp)
![Shohzamon Shuhratov](/storage/authors/zzlWR1wE13KnvWBRyBOB727GE2UHWfzF.webp)
“Yangi Oʻzbekiston kinosolnomasi” turkumi doirasida suratga olingan “Qutqaruvchi” hujjatli filmining premyerasi boʻlib oʻtdi.
Milliy kino sanʼati saroyida ilk namoyishi oʻtkazilgan ushbu kartina Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” tomonidan yaratilgan.
Tadbirda favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari — shtab boshligʻi Sanjar Zuparov, Kinematografiya agentligi direktorining maslahatchisi Sayfullo Rajabov, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Faxriylar kengashi aʼzolari, vazirlik akademiyasining kursantlari hamda film ijodkorlari ishtirok etdi.
![](/storage/images/aweUK7GhmvGmsu9FtBvCOid7GKSuYegp.webp)
Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari — shtab boshligʻi Sanjar Zuparov hamda Kinematografiya agentligi direktorining maslahatchisi Sayfullo Rajabov mazkur filmning mazmuni hamda ahamiyati xususida gapirdi.
Tadbirda Kinematografiya agentligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati tomonidan hamkor tashkilotlar hamda kinoijodkorlarga maxsus esdalik sovgʻalari topshirildi.
![](/storage/images/X1bnsTitZyIHnfTGhYJySyu4iDVuq1ik.webp)
Filmda qutqaruvchilarning murakkab va masʼuliyatli faoliyati, ularning favqulodda vaziyatlarda koʻrsatgan jasorati va mamlakatda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan olib borilayotgan keng koʻlamli amaliy ishlar aks ettirilgan.