РУ
O’Z
UZS
/
/
USAID Oʻzbekiston iqtisodiyotining toʻrtta tarmogʻidagi loyihalarga grantlar ajratadi
18.09.2024

USAID Oʻzbekiston iqtisodiyotining toʻrtta tarmogʻidagi loyihalarga grantlar ajratadi

USAID Oʻzbekiston iqtisodiyotining toʻrtta tarmogʻidagi loyihalarga grantlar ajratadi

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi toʻqimachilik, turizm, yashil iqtisodiyot va AKT sohalaridagi loyihalarni grantlar bilan qoʻllab-quvvatlaydi. Xotin-qizlar, yoshlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga doir loyihalarga alohida eʼtibor qaratiladi.

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) biznesni qoʻllab-quvvatlash loyihasi uchun arizalar qabul qilayotganini eʼlon qildi. Tashabbus ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va toʻqimachilik, turizm, yashil iqtisodiyot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kabi muhim tarmoqlarda oʻsishni ragʻbatlantirishga qaratilgan.

AQSH elchixonasi matbuot xizmati xabariga koʻra, grant dasturi keng koʻlamli tashkilotlarni, jumladan, kichik va oʻrta korxonalarni, nodavlat tashkilotlarni va iqtisodiy oʻsish hamda ijtimoiy inklyuziyaga yordam beruvchi boshqa tuzilmalarni qoʻllab-quvvatlaydi. Xotin-qizlar, yoshlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirishga alohida eʼtibor beriladi.

Grantlar hajmi qoʻshma moliyalashtirish sharti bilan 25 mingdan 100 ming dollargacha boʻladi — USAID aksariyat korxonalar uchun loyiha qiymatining 50 foizini moliyalashtiradi. Ayollar, yoshlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar uchun USAID xarajatlarning 80 foizigacha mablagʻ ajratishi mumkin.