2025-yil 20-yanvar Oʻzbekistonda valyutalar kursi: kelgusi hafta dollar qiymati qanday bo‘ladi?
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2025-yilning 20-yanvaridan boshlab amal qiladigan xorijiy valyutalarning o’zbek so’miga nisbatan rasmiy kursini e’lon qildi.
- Dollar 11.74 soʻmga qimmatlashib, 12 967 soʻmga oshdi,
- Yevro 25.04 soʻmga qimmatlashib, 13 352 soʻm boʻldi,
- Rossiya rubli 0.05 soʻmga qimmatlasib, 126 soʻmni tashkil etdi.
Mobil ilovalarda eng yaxshi valyuta kursi
Pulbek.uz moliyaviy supermarketi maʼlumotiga koʻra, 20-yanvar kuni mobil ilovalarda valyuta sotib olishning eng yaxshi kursi quyidagi banklarda oʻrnatilgan:
🇺🇸 Dollar: 12 975 soʻm (Anorbank)
🇪🇺. Yevro: 13 450 soʻm (Ipak Yo'li)
🇷🇺 Rubl: 130 soʻm (Ipak Yo'li)
Bankomatlarda eng yaxshi kurs
Bugun, 20-yanvar kuni eng yaxshi kurs boʻyicha valyutani quyidagi bankomatlarda sotib olish mumkin:
🇺🇸 Dollar: 12 967 soʻm (Ziraat Bank)
🇪🇺.Yevro: -
🇷🇺 Rubl: -
Ayirboshlash shoxobchalaridagi eng yaxshi kurs
Ayirboshlash shoxobchalarida bugun eng yaxshi sotib olish kursi quyidagicha taklif etilmoqda:
🇺🇸 Dollar: 12 970 soʻm (Xalq banki, Aloqabank)
🇪🇺 Yevro: 13 450 soʻm (Ipak Yo'li, Trastbank)
🇷🇺Rubl: 128 soʻm (Ipotekabank)
100 dollar
Hozirgi kurs bo‘yicha 100 dollar qancha so‘m turadi:
- 100 dollarni sotish mumkin bo‘lgan eng yaxshi kurs — 1 294 000 so‘m, Poytaxt Bank
- 100 dollarni sotib olish mumkin bo‘lgan eng yaxshi kurs — 1 297 000 so‘m, (Xalq banki, Aloqabank)