“Lilo va Stich” filmining remeyki 750 mln dollardan ko‘proq mablag‘ to‘pladi


“Lilo va Stich” multfilmining o‘yinli remeyki jahon prokatida 772,5 million dollar ishlab oldi, deb xabar bermoqda OAV.
Kartina 2025-yilning birinchi dollarlik milliarderi bo‘lishga tayyorlanmoqda. Shimoliy Amerika tomoshabinlari lentaga 335,8 million dollar, xalqaro hududlar esa 436,8 million dollar qo‘shdi. Ishlab chiqarish byudjeti 100 million dollarni tashkil etdi.
“Lilo va Stich” syujeti Gavayida yashovchi qiz va uning o‘zga sayyoralik maxluq bilan do‘stligi haqida hikoya qiladi.
Remeyk rejissyori Din Fleisher-Kemp (“Marsel, poyabzaldagi chig‘anoq”) edi. Yangi versiyada rollarni Kris Sanders (Stich), Maya Kealoxa (Lilo), Sidney Agudong (Nani), Zak Galifianakis, Billi Magnussen, Kortni B. Vens va boshqalar ijro etgan.