Uy hayvoniga qusish va diareya paytida yordam berish
Uy hayvonida qusish va diareya kabi ovqat hazm qilish muammolari bo‘lganda, uning egasini tashvishga solishi aniqdir. Bu alomatlar sog‘lom bo‘lmagan ovqatlanishdan tortib, veterinariya aralashuvini talab qiladigan infeksiyalargacha bo‘lgan turli sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin. Uy hayvonining tiklanishiga yordam berish uchun kerakli choralarni ko‘rish va qachon mutaxassislardan yordam so‘rash kerakligini bilish muhimdir.
Uy hayvonlarida qusish va diareya sabablari
Uy hayvonlarida qusish va diareya ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ular orasida ularning ovqatini to‘satdan o‘zgarishi, ortiqcha ovqatlanish, buzilgan mahsulot yoki begona narsalarni iste’mol qilishdir. Shuningdek, ushbu alomatlar yuqumli kasallik, parazit, zaharlanish, allergik reaksiya, stressli vaziyat yoki surunkali kasalliklar tufayli yuzaga kelishi mumkin. Buning sababini tushunish to‘g‘ri davolanish uchun muhim qadamdir.
Uy hayvonida qusish va diareya bo‘lganda kerakli choralarni ko‘rish
Agar uy hayvoningizda qusish va diareya paydo bo‘lsa, avval uning organizmiga ovqatdan dam olishiga sharoit uaratib bering va 12-24 soat davomida ovqatlantirmang, lekin suvsiz qoldirmang.
Yetarli miqdorda toza suv ichayotganiga e’tibor bering. Keyin, unga qaynatilgan tovuq ko‘kragi yoki guruch kabi yengil ovqat taklif qiling. Uy hayvoningizning holatini kuzatib boring: agar alomatlar bir kun ichida yo‘qolsa, unda jiddiy narsa bo‘lmagan. Ammo alomatlar davom etsa, albatta, veterinarga murojaat qiling.
Veterinarga qachon murojaat qilish kerak?
Agar uy hayvoningizda qusish va diareya 24 soatdan ortiq davom etsa, sustlik, najas yoki qusishda qon, ishtahaning yo‘qolishi, suvsizlanish yoki boshqa xavotirli belgilar kabi qo‘shimcha alomatlar paydo bo‘lsa, u veterinar yordamiga muhtoj. Bunday holatda kechiktirmaslik kerak, chunki bu jiddiy muammolar va professional davolanishni talab qiladi.
Hurujdan keyin uy hayvoniga qanday mahsulotlarni taklif qilish mumkin?
Qusish yoki diareya huruji o‘tgach, uy hayvonining oshqozon faoliyatini tiklashda eng yaxshisi yengil hazm bo‘ladigan ovqatlarni taklif qilishdir. Qaynatilgan guruch, kartoshka pyuresi, terisi va suyaklari olib tashlangan qaynatilgan tovuq yoki kurka ko‘kragi hamda veterinar klinikasida sotib olish mumkin bo‘lgan maxsus davolovchi oziq-ovqatlar mos keladi. Uy hayvoningizning holatida yaxshilanishni ko‘rgach, oddiy ovqatni asta-sekin kiritishni boshlang.
Kelajakda bunday muammolarning oldini olish uchun kerakli maslahatlar
Uy hayvonlarida qusish va diareyaning oldini olish uchun muntazam ovqatlanish tartibiga rioya qiling va ovqatda keskin o‘zgarishlarga yo‘l qo‘ymang.
Uy hayvoningizga stoldan qoldiqlar, ayniqsa, yog‘li yoki achchiq mahsulotlarni bermaslikka harakat qiling. Tashlandiq joylar va zaharli o‘simliklarga kirishni cheklang. Parazitlardan profilaktik davolashni muntazam ravishda o‘tkazib, rejalashtirilgan ko‘riklar uchun veterinarga murojaat qiling. Oddiy oldini olish choralarini ko‘rish, uy hayvoningizning salomatligini uzoq vaqt saqlab qolishga yordam beradi.
Ushbu tavsiyalar uy hayvoningizga qusish va diareya paytida birinchi yordam ko‘rsatishga yordam beradi. Vaqtida veterinarga murojaat qilish – sevimli hayvoningizning tezda tiklanishi va salomatligini saqlab qolish kalitidir.