РУ
O’Z
UZS
/
/
Uzum oʻzining “tanga yigʻish” oʻyinini ishga tushirdi
24.07.2024

Uzum oʻzining “tanga yigʻish” oʻyinini ishga tushirdi

Uzum oʻzining “tanga yigʻish” oʻyinini ishga tushirdi

Oʻyin gʻoyasi oddiy — ekrandagi belgini bosib, tangalarni yigʻish kerak. Hurmat deb nomlanuvchi tangalarni darajani oshirish uchun kartalarga almashtirish mumkin. Maqsad boss darajasini olishdir. Ularga 20 million soʻmlik chek beriladi.

Uzum kompaniyasi Oʻzbekistonda birinchi boʻlib oʻzining “bosuvchi oʻyini”ni ishlab chiqdi. Buning ortidan bir kunda 60 ming foydalanuvchi kompaniya Telegram kanaliga obuna boʻldi.

Uzum ekotizimi marketpleysdan mahsulot sotib olish imkonini beruvchi oʻyinni ishga tushirdi. Ushbu oʻyin “Uzum Bos” deb nomlangan.

Oʻyin gʻoyasi oddiy — ekrandagi belgini bosib, tangalarni yigʻish kerak. Ha, xuddi Notcoin va Hamster Kombat oʻyinlarida boʻlgani kabi.

Hurmat deb nomlanuvchi tangalarni darajani oshirish uchun kartalarga almashtirish mumkin. Maqsad boss darajasini olishdir. Ularga 20 million soʻmlik chek beriladi.

Daraja koʻtarilgani sari tangalar tezroq yigʻila boshlaydi va mukofot miqdori oshadi. Oʻyin 22-iyul kuni ishga tushirildi. Bir kun ichida Telegram kanalga 60 mingdan ortiq odam qoʻshildi.

Xoʻsh, Uzumʼga bu oʻyin nega kerak?

Oʻyin yaratish qiyin emas, odamlarga uni reklama qilish ham qiyin emas. Ammo ularni soatlab oʻyin oʻynashga undash juda mushkul ish hisoblanadi. Shu sababli kompaniya oʻyinchilarni ragʻbatlantirish yoʻlidan bordi.

Yuqorida sanab oʻtilgan oʻyinlardan farqli oʻlaroq, Uzum hurmatlari birjaga chiqmaydi, aksincha bu tangalar marketpleys uchun cheklar yutib olish mumkin boʻladi. 4 ta kategoriyadagi top-1000 ishtirokchilarga xarid uchun sertifikatlar taqdim etiladi.

Bu oʻyin internetda virusdek tarqalxmoqda. Ishtirokchilar oʻyinga doʻstini taklif qilgani yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga obuna boʻlgani uchun ularga qoʻshimcha tangalar beriladi. Boss darajasiga yetish uchun imkoniyat hammada teng, faqatgina oʻyinga koʻproq vaqt ajratish kerak.

Uzum ekotizimi bu oʻyin orqali brend taniqlilik darajasini oshiradi, oʻzining barcha loyihalarini yaxshigina reklama qiladi. Foydalanuvchilar uchun esa yaxshigina xarid imkoniyatlarini taqdim etadi. Faqatgina tizimning toʻgʻri ishlashini doimiy nazorat qilib borish kerak.