верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Vegetarian taomlar: borshdan tortib Nutellagacha
28.05.2025

Vegetarian taomlar: borshdan tortib Nutellagacha

Vegetarian taomlar: borshdan tortib Nutellagacha

Gastronomiya olamida o‘simlik asosidagi oshxona allaqachon faqat ekzotik mahsulotlar iborat bo‘lishdan chiqqan. Bugungi kunda vegetarian taomlar va vegan retseptlari – bu sog‘liq va tabiat haqida g‘amxo‘rlik, hayot tarzi demakdir. Eng muhimi esa – bu taomlar nihoyatda mazali. Qaynagan vegan borshdan tortib, uy sharoitida tayyorlangan vegan “Nutella”gacha – vegetarianlar uchun mo‘ljallangan taomlar xilma-xilligi bilan hayratga soladi. Keling, vegetarian oshxona olamiga sho‘ng‘ib, 9 ta oddiy, mazali va foydali retsept bilan tanishamiz.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

1. Loviyali vegan borsh

Klassik taomning yangi ko‘rinishida. Ushbu vegan borsh – buvijonining retseptlarini sog‘ingan, lekin o‘simlik asosidagi ovqatlanishni tanlaganlar uchun a’lo variant.

Постный борщ с фасолью

Masalliqlar:

  • lavlagi, karam, kartoshka, sabzi, piyoz
  • tomat pastasi
  • qaynatilgan loviya (konserva ham bo‘lishi mumkin)
  • sarimsoq, ukrop, dafna bargi

Maslahat: bir qoshiq yong‘oq kremini yoki keshyudan tayyorlangan smetanani qo‘shib torting.

Bu vegan taomni multivarkada tayyorlash juda qulay – barcha masalliqlarni solasiz va mazali natijani kutasiz.

2. Nuxat va ko‘katlardan kotlet

Bu nafaqat mazali, balki to‘yimli ham. Haqiqiy oqsilga boy vegetarian taom.

Котлеты из нута — пошаговый рецепт с фото | Вкуснофф.рф

Masalliqlar:

  • nuxat (qaynatilgan yoki konservalangan)
  • petrushka, piyoz, sarimsoq
  • ziravorlar, ozgina un yoki suli yormasi

Tayyorlanishi: hamma masalliqlarni maydalab, kotlet shaklida yasab, qovuramiz yoki pechda pishiramiz.

Bu nuxatdan tez tayyorlanadigan vegan kechki ovqat uchun juda mos retseptlardan biridir.

3. Qovoq va kokos suti bilan krem-sup

Iliq va to‘yimli vegan qovoq sho‘rvasi – sovuq kuz yoki qishda ideal tushlik.

Крем-суп из тыквы с кокосовым молоком и креветками

Masalliqlar:

  • qovoq
  • kokos suti
  • zanjabil, zarcho‘va (kurkuma), tuz

Maslahat: ustiga urug‘lar va ko‘katlar sepib tortsangiz – ham chiroyli, ham foydali bo‘ladi.

4. Tofu va sabzavotli issiq salat

Yengil, ammo shu bilan birga issiq taom xohlaysizmi? Tofudan tayyorlangan vegetarian taomni sinab ko‘ring!

Салат с хрустящими баклажанами и мягким сыром, пошаговый рецепт с фото от  автора Tkemali на 534 ккал

Masalliqlar:

  • tofu, kabachki, bulg‘or qalampiri, ismaloq
  • soya sousi, kunjut, sarimsoq

Bu mazali issiq salatni tovada qovurib yoki pechda pishirishingiz mumkin – ham tez, ham mazali. Bu salat kabachkidan tayyorlangan vegan taomlarning a’lo variant bo‘lib, kechki ovqat yoki tushlik uchun juda mos keladi.

5. Ismaloq va keshyu yong‘og‘idan pesto bilan makaron

15 daqiqada tayyor bo‘ladigan ko‘pchillikning eng sevimli vegetarian retseptlardan biri!

Паста со шпинатом, горошком и песто

Masalliqlar:

  • makaron
  • ismaloq, sarimsoq, keshuy yong‘og‘i, limon sharbati, zaytun moyi

Maslahat: taom foydaliroq bo‘lishi uchun butun donli (jigar rang) makaron ishlating.

Bu taom tez tayyorlanadigan vegetarian retseptlardan biri bo‘lib, tayyorlashga eringanlarga tezda nimadir tayyorlashga yordam beradi.

6. Pechda pishirilgan falafel

Nuxatdan tayyorlanadigan taomlarni yoqtirasizmi? Unda bu vegan gazak aynan siz uchun.

Запечённый фалафель из нута

Masalliqlar:

  • nuxat
  • piyoz, sarimsoq, petrushka
  • ziravorlar: zira, koriandr, paprika

Shar shaklida yasab, pechda pishiring – sharqona iforli pechda tayyorlanadigan vegan taomi tayyor bo‘ladi.

7. Kabachki va yasmiqdan ragu

Arzon, to‘yimli va oddiy. Bu taom har kuni yoki do‘stlar bilan kechki ovqat uchun mos keladigan kabachokli vegan taomi hisoblanadi.

Рагу из чечевицы с овощами

Masalliqlar:

  • kabachki, sabzi, pomidor, yasmiq
  • piyoz, sarimsoq, rayhon

Eng yaxshi vegan kechki ovqatlardan biri, ayniqsa, garnir sifatida kuskus yoki guruch bilan tortilsa, o‘ziga xos ta’mli vegan taomi bo‘ladi.

8. Osiyo uslubidagi tofu va guruch

Teriyaki yoki yer yong‘oqli sousli tofu – yumshoq, xushbo‘y va achchiqroq vegan taomi, Osiyo notalariga ega taomlarni yoqtiradiganlarga manzur bo‘lishi aniq.

Рис с тофу и овощами

Masalliqlar:

  • tofu
  • soya sousi, asal (yoki zarang siropi), sarimsoq, zanjabil
  • guruch yoki kinoa

Vegan taom bo‘lsa-da, agar tarkibi haqida aytilmasa, go‘shtsevarlarga ham yoqadi!

9. Uyda tayyorlangan vegan “Nutella”

Vegan qalbingiz mazali shirinlik istaydimi? Juda oson! Vegan “Nutella” aynan siz xohlagandek.

Домашняя нутелла. Пошаговый рецепт с фото. | Меню недели

Masalliqlar:

  • qovurilgan funduk yong‘og‘i
  • kakao kukuni
  • xurmo yoki topinambur siropi
  • kokos yog‘i

Hammasini blenderda pasta holatiga kelguncha aralashtiramiz – tayyor!

Bu bolalar va kattalar uchun foydali shirinlik bo‘lib, vegan taomlar orasida chinakam kashfiyot.

Ko‘rganingizdek, vegetarian oshxonasi faqatgina salat va bug‘da pishgan sabzavotlardan iborat emas. Bu – boy ta’m, foydali masalliqlar va cheksiz xilma-xillik dunyosidir. Vegetarian taomlar ham oddiy, ham nafis bo‘lishi bilan birga, ular har doim tabiat kuchini o‘zida aks ettiradi.

Shunday ekan, agar siz tez tayyorlanadigan vegan taomlartofudan vegetarian retseptlar yoki pechda tayyorlanadigan vegan ovqatlar izlayotgan bo‘lsangiz – ushbu retseptlardan ilhomlaning va oshxonada zavq bilan ijod qiling!

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.