Venetsiya sanʼat biyennalesida oʻzbek filmlari saylanmasi namoyish etiladi
Saralama toʻplamga nukuslik yigitning sabr-bardoshi haqidagi Mihail Borodin va Sasha Kulak ijodiga mansub “Mirtemirda hammasi joyida” nomli hayajonli hikoyasi kiritilgan.
3-sentyabr kuni Venetsiya zamonaviy sanʼat biyennalesidagi Oʻzbekiston milliy pavilioni zamonaviy rejissyorlar va rassomlarning uch filmidan iborat saylanmani taqdim etadi.
Oʻzbekistonda kinomotagrafiya va tasviriy sanʼat rivoji bilan shugʻullanuvchi ilgʻor, mustaqil muassasa Tashkent Film School shafeligida yaratilgan mazkur filmlar yangi oʻzbek kinosining rivojlanish surʼatini aks ettiradi.
Saralama toʻplamga nukuslik yigitning sabr-bardoshi haqidagi Mihail Borodin va Sasha Kulak ijodiga mansub “Mirtemirda hammasi joyida” nomli hayajonli hikoyasi kiritilgan.
Rejissyor Gulnoza Irgashevaning “Cherdakda hech nima yoʻq” filmida SSSR davridagi oʻzbeklar turmushi mohirona tadqiq etilgan. Shuningdek, undan Oʻzbekistondagi koreys jamoasi tarixi oʻrganilgan Aleksandr Lining “Koryo Saramni izlab” filmi oʻrin olgan.
Mazkur kinodastur sharofati bilan Oʻzbekiston Milliy pavilioni nafaqat Toshkent kinomaktabining ijodkor isteʼdodlarini yuzaga chiqaradi, balki kinokartinalarning chuqur va dolzarb ijtimoiy mavzularni izlanishga intilishini eʼtirof etib, kengroq madaniyatlararo muloqotga oʻz hissasini qoʻshadi.