Windowsʼda uzoq kutilgan funksiya ishga tushadi
Bu funksiya qachon barcha foydalanuvchilar uchun ochiq boʻlishi hozircha nomaʼlum. Ammo u allaqachon Release Previyew kanalida sinovdan oʻtkazilayotganini hisobga olsak, reliz juda tez orada boʻlib oʻtishi kerak.
Windows 10 va 11 tizimlaridada kompyuter va Android smartfoni oʻrtasida fayllarni tezda almashish imkonini beruvchi vosita — Apple qurilmalaridagi airdropning oʻziga xos analogi boʻladi. Misrosoft bu maʼlumotni tasdiqladi.
Kutilganidek, yangi funksiya Phone Link ilovasi orqali ishlaydi. Qurilmani bir marta sinxronlashtirgandan soʻng joʻnatilishi kerak boʻlgan faylni sichqonchaning oʻng tugmasi bilan bosish kerak, kontekst menyusidan “Ulashish” tugmasini tanlash va keyin Telefon havolasini bosish kerak.
Smartfonda uzatishni qabul qilish shart emas deb taxmin qilinmoqda. Unga fayllar avtomatik ravishda yuboriladi.
Biroq vosita ishlashi uchun bir nechta tizim talablari boʻladi:
- Windows 2019-yil 10-may kungi yangilanish yoki undan keyingi versiyasi yoki Windows 11 tizimiga ega kompyuter;
- Android 9.0 yoki undan keyingi versiyali smartfon;
- Windows ilovasi 1.24032.518.0 yoki undan keyingi versiyaga havola;
- Telefon ilovasi 1.24032.156.0 yoki yangiroq boʻlishi kerak.
Bu funksiya qachon barcha foydalanuvchilar uchun ochiq boʻlishi hozircha nomaʼlum. Ammo u allaqachon Release Previyew kanalida sinovdan oʻtkazilayotganini hisobga olsak, reliz juda tez orada boʻlib oʻtishi kerak.