19-21-noyabr kunlari haftaboshida Oʻzbekistonda ob-havo maʼlumoti: nisbatan iliq va shamolli boʻladi
“Oʻzgidromet” joriy ish haftasining boshida respublika boʻylab qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi. Harorat biroz iliq boʻlishi kutilmoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 19-20-noyabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shardan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, 19 va 21-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 20-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 19-20-noyabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 19-20-noyabrda 12-17° iliq, 21-noyabrda 10-15° iliq, Navoiy viloyatining shimolda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, 19 va 21-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 20-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 19-20-noyabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 19-20-noyabrda 12-17° iliq, 21-noyabrda 10-15° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, 19 va 21-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 20-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 19-20-noyabrda 17-22° iliq, 21-noyabrda 12-17° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 20-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. 19-20-noyabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlari
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), 19-20-noyabrda baʼzi joylarga kuchli boʻladi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq,-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.