верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Oldin va hozir: “Ishkomli uy” seriali aktyorlari 23 yil ichida qanday oʻzgardi?
05.02.2025 (yangilandi 06.02.2025)

Oldin va hozir: “Ishkomli uy” seriali aktyorlari 23 yil ichida qanday oʻzgardi?

Oldin va hozir: “Ishkomli uy” seriali aktyorlari 23 yil ichida qanday oʻzgardi?

“Ishkomli uy” — ssenariynavislar Mahinur Ergun va Meral Okay tomonidan yozilgan serial. Loyiha 2002-yilda suratga olingan boʻlib, jami 2 faslda 54 qismdan iborat.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Karadagʻlar — Kappadokiyada katta mulkka ega boʻlgan boy oila. Ularning merosxoʻri Seymen Nyu-Yorkka oʻqishga boradi va u erda Istanbullik bir oilaning qizi Bahor bilan uchrashadi. Ular sevishib qolishadi, turmush qurishadi va Karadagʻlarning “Ishkomli uy”iga koʻchib ketishadi.

Turk kinosining eng taniqli aktyorlaridan biri hisoblanuvchi Oʻzjan Deniz (Seymen Karadagʻ) hozirda 52 yoshda. U 1992-yildan beri katta sahnada faoliyat yuritadi. U 2023-yilda koʻplab shov-shuvlarga sabab boʻlgan “Qizil gʻunchalar” serialida doktor Livent Alkanli obrazini gavdalantirdi.

Yana bir turk kinosining zabardast siymolaridan biri hisoblanuvchi Nurgul Yashilchoy (Bahor) ayni vaqtda 48 yoshda. U bir necha marta Oʻzbekistondagi badiiy-madaniy tadbirlarda ham qatnashgan. Aktrisa 2023-yildan beri suratga olinayotgan “Vaʼda maktubi” serialida Alanur Yildiz rolini ijro etib kelmoqda.

83 yoshli Selda Alkor (Sumbul) hozirda faol xayriya ishlari bilan shugʻullanmoqda. Asli qoʻshiqchi boʻlgan aktrisa 2002-yilda oʻzining albomi ortidan “Oltin mandarin” unvonini ham qoʻlga kiritgan. U soʻnggi yillarda faol ravishda kino va seriallarda suratga tushmayapti. Bunga aktrisaning sogʻligʻidagi muammolar sabab boʻlgan.

Menderes Samanchilar (Bakir) kinokarerasida yuzdan ortiq loyihada suratga tushdi. Aktyor 2024-yilda “Oysha” nomli serialda qatnashdi. 2016-yilda aktyorning “Kuygan oʻrmon hidi” nomli sheʼriy kitobi chop etilgan. Samanchilar kelajakda kino uchun juda yaxshi ssenariy yozmoqchi.

53 yoshli turk aktrisasi Ipek Tuzjuoglu (Dijle) 1995-yilda Istanbulga kelgan. U filmlar, teleseriallar, reklama roliklarida aktyor va dastur boshlovchisi sifatida ishlagan. Aktrisa 2023-2024-yillarda suratga olingan “Safir” serialida Gulfem rolini ijro etdi. Ushbu obraz menga koʻp tomonlama mos keladi, deʼya taʼkidlaydi aktrisa.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.