РУ
O’Z
UZS
/
/
2–6-dekabr kunlari ish haftasida Oʻzbekistonda ob-havo maʼlumoti: quruq va sovuq boʻladi
02.12.2024

2–6-dekabr kunlari ish haftasida Oʻzbekistonda ob-havo maʼlumoti: quruq va sovuq boʻladi

2–6-dekabr kunlari ish haftasida Oʻzbekistonda ob-havo maʼlumoti: quruq va sovuq boʻladi

O‘zbekistonda ish haftasi davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +5…+10 darajagacha ilishi, kechasi -3 darajagacha sovishi mumkin.

2−6-dekabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5-dekabr kuni faqat Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida asosan qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

Havo harorati kechasi −2…+3, kunduzi +5…+10 darajagacha iliq bo‘lishi, shimoliy hududlarda kechasi −8…−3 darajagacha sovishi, kunduzi 0…+5 darajagacha ilishi kutilmoqda. Mamlakatning ayrim hududlarida tuman tushishi mumkin.

Toshkent shahrida ish haftasi davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi −1…+1 daraja iliq, kunduzi 6…+9 daraja iliq bo‘ladi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.