“Haqiqiy detektiv” muallifi Makkonaxi va Xarrelson bilan ishlashni davom ettirmoqchi


“Haqiqiy detektiv” seriali muallifi Nik Pitssolatto shouni birinchi mavsum yulduzlari Mettyu Makkonaxi va Vudi Xarrelson ishtirokida davom ettirish istagini bildirdi.
“Aslida, menda Koul va Xart [MakKonaxi va Xarrelson qahramonlarining ismlari — tahr.] uchun yana bir hikoya bor, biz uni qachondir amalga oshiramiz, kim biladi. U yana o‘sha qahramonlar haqida qurilgan... Lekin hali yozganim yo‘q. Shunchaki xayolimda saqlayman. Biz yana yig‘ilish va bu ish bilan shug‘ullanish haqida gaplashdik - o‘ylaymanki, yigitlar bunga tayyor. Faqat bu qachondir sodir bo‘ladimi yoki yo‘qmi, savol tug‘iladi”, — dedi Pitssolatto Nothing Left Unsaid podkastida.
“Haqiqiy detektiv” antologiyasi HBO telekanalida 2014-yilda boshlangan. Ikkinchi va uchinchi fasllar Pitssolatto ishtirokida suratga olingan, to‘rtinchisi esa “Tun mamlakati” sarlavhasi bilan Pitssolatto ishtirokisiz yaratilgan. Keyinchalik Pitssolatto yangi seriyalarni tanqid qilib, ularni “to‘mtoq” deb atadi.
Hozirda beshinchi mavsum ustida ish olib borilmoqda, uning voqealari Nyu-York shtatida bo‘lib o‘tadi. Aktyorlar tarkibi hali e’lon qilinmagan. MakKonaxi va Xarrelson tez orada Apple TV+’da "Aka-ukalar" komediyasida birga rol o‘ynashadi.